244
Ushlab qolish huquqining faqat qonunga asoslanishini nazarda
tutsak, uning majburiyatlarni bajarilishini ta‟minlash usullari tizimida
o‟ziga xos o‟rin egallashidan dalolat beradi. Boshqa usullar nafaqat qonun,
balki kelishuv va shartnomalarga ko‟ra ham vujudga keladi. Ushlab
qolishning asosi bo‟lib hali to‟lov muddati kelmagan qarz hisoblanadi.
Ushlab qolish huquqi shartnomaga muvofiq vujudga kelganda, u albatta
yozma ravishda tuzilishi kerak. Basharti ushlab qolinadigan mulk
ko‟chmas mulk bo‟lsa davlat ro‟yxatidan o‟tkazilgan bo‟lishi talab etiladi.