|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 91/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaMikroiqlimni boshqarish. Bodring o‘simligi uchun eng maqbul harorat yorug‘likni jadalligiga qarab o‘zgaradi. Juda past yoritilganda (5 klk gacha) u 17-19°S ni, 5-10 klk da – 19-21°S ni, 10-20 klk da – 21-25°S, 20-30 klk da – 24-27°S ni va yorug‘lik 30 klk dan yuqori bo‘lganda – 27-30°S ni tashkil qiladi.
Eng maqbul havo harorati o‘simliklarni yoshiga bog‘liq. U o‘simliklar hosilga kirguncha tiniq kunda – 22-24°S, bulutlida – 20-22°S, kechasi – 16-18°S ni tashkil qiladi. Hosilga kirgan davrda eng maqbul harorat biroz ko‘tariladi va ochiq kunda – 24-27°S, bulutlida – 21-24°S va kechasi – 18-20°S ni tashkil qiladi.
Hosilga kirgandan so‘ng 7-8 hafta o‘tgach, barglarni qariyotganligi kuzatilayotganda, ildiz tizimi kuchsizlanayotgan va shoxlanish kamayib borayotganda maqbul harorat biroz pasayadi va u tiniq kunda 22-24°S, bulutli kunda – 20-22°S va kechasi – 17-19°S ni tashkil qiladi.
Issiqxonalarda haroratni boshqarish lozim. Kunduzgi harorat yuqori chegaraga yetganda isitishni qisman yoki to‘liq to‘xtatishga va shamollatishni boshlashga signal bo‘ladi. Ayniqsa tiniq bahorgi kunlar davomiy bulutli havodan so‘ng kelayotganda haroratni ko‘tarilib ketishini diqqat bilan kuzatib borish kerak. Agar vaqtida harorat pasaytirilmasa yuqoridagi barglar kuyishi mumkin. Buni oldini olish uchun issiqlik pasaytiriladi va shamollatish qo‘llaniladi.
Issiqxona bodringi uchun tuproqning eng maqbul harorati 22-24°S dir. Havoning nisbiy namligi 75-85%. Tuproq namligini maqbul me’yorlarda saqlash va oziqlantirish tartibotini to‘g‘ri olib borish juda katta ahamiyatga ega.
Yoritilganlik yetarli bo‘lmay tuproq namligi yuqori bo‘lsa o‘simliklarni loxas yoki nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu vaqtda tuproq namligini 75-80% NV darajada saqlab turish kerak. Bahorda va yozda quyosh radiatsiyasi yuqori bo‘lganda tuproq namligini 85-90% NV da ta’minlash zarur. Tuproq namligini kuzatib turish nihoyatda muhim, chunki bunda o‘simliklar nafaqat namlikni yetishmasligi, balki tuproq eritmasini yuqori konsentratsiyasidan ham qiynalishi mumkin. O‘simliklar odatda iliq suv bilan (20-22°S) ertalab sug‘oriladi. Issiq kunlarda vegetatsion sug‘orish bilan birga kunning o‘rtasida sug‘orish me’yorlarini kamaytirib (1 m2/0,5 l) musaffolovchi sug‘orishlar qo‘llaniladi.
Issiqxonalalarda bodringni yetishtirish texnologiyasida puxta tashkil qilingan va epchillik bilan o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishdan foydalanish katta rol o‘ynaydi. Uni asosi qilib o‘simliklarni biologik uslubda himoya qilish, ularni makonlarini topib o‘simliklarni kimyoviy preparatlar bilan ishlov berishdir.
|
| |