164
X-BOB. MAKTAB BINOLARI
10.1. Maktablar klassifikatsiyasi
Vazifasiga bog‘liq ravishda maktablar quyidagicha ajratiladi:
- umumta’lim maktablar va maktab-internatlar;
- bolalarni takomil tayyorlashga mo‘ljallangan
ixtisoslashgan maktablar va
maktab-internatlar;
- sog‘lomlashtirish va sanatoriya-bog‘ ko‘rinishidagi maktablar;
- jismoniy va aqliy rivojlanishi sust bolalar uchun maxsus maktablar.
Umumta’lim maktablar tarkibiga
boshlang‘ich, asosiy, o‘rta umumta’lim
maktablari; ayrim predmetlarni chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘rta umumta’lim
maktablari; gimnaziya va litseylar kiradi.
Ta’lim darajasi bo‘yicha umumta’lim maktablarida o‘qitishning uchta bosqichi
qo‘llaniladi:
-
o‘qitishning I bosqichida 1-4 sinf o‘quvchilari tahsil oladilar;
-
o‘qitishning II bosqichida 5-9 sinf o‘quvchilari tahsil oladilar;
-
o‘qitishning III bosqichida 9-11 sinf o‘quvchilari tahsil oladilar.
Sanitariya me’yorlariga muvofiq yangidan qurilayotgan
shahar maktablarining
sig‘imi 1000 o‘rindan oshmasligi, o‘quvchilari soni kam bo‘lgan
qishloq
maktablarida esa o‘qitishning I bosqichi uchun – 80 o‘rindan, o‘qitishning I va II
bosqichlari uchun – 250 o‘rindan, o‘qitishning II va III bosqichlari uchun – 500
o‘rindan oshmasligi lozim.
10.2. Maktablar uchastkalari
Umumta’lim maktablari mikrotumanda shunday joylashtirilishi kerakki, yashash
joyidan maktabgacha masofa 500 metrdan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Maktab binosi
“qizil liniya”dan kamida 25 metr uzoqlikda joylashishi zarur.
Maktab qoshidagi uchastkalar xo‘jalik, badantarbiya-sog‘lomlashtirish, o‘quv-
tajriba, dam olish funksional zonalariga bo‘linadi. Badantarbiya-sog‘lomlashtirish
zonasiga alohida talablar qo‘yiladi: to‘p va turli sport snaryadlarini uloqtirishga
165
mo‘ljallangan sport maydonchalari bino derazalaridan kamida 25
metr uzoqlikda
joylashtirilishi va perimetri bo‘yicha balandligi 2,5-3 metr bo‘lgan to‘siqlar bilan
o‘ralishi lozim; qolgan maydonchalar va bino derazalari orasidagi masofa 10 metrdan
kam bo‘lmasligi kerak. Uchastkalar shunday
loyihalashtirilishi kerakki, ularning
hududiga o‘t o‘chirish mashinalari kirishi va halqa bo‘ylab
aylanish imkoniyati
ta’minlangan bo‘lishi lozim.