8 8
don yomon yanchiladi, shuningdek bunda tegir-monning unumdorligi pasayadi.
Donning
saqlashga chidamliligi, uni standart talablariga javob berishini belgilaydigan don namligining
4 holati ma‟lum: quruq, yarim quruq, nam va ho‟l.
Bug‟doy, javdar, arpa, grechixa va sholi quyidagi ko‟rsatkichlar bilan ta‟rifianadi: quruq
- namlik 14 foizgacha, o‟rtacha quruq - 14-15,5 foizgacha, nam - 15,5 foizdan 17 foizgacha
va ho‟l - 17 foiz-dan ortiq. Don namligini aniqlash usullarini ikki guruhga bo‟lish mumkin:
to‟g‟ri va boshqa yo‟l bilan. Birinchi guruhga maxsus uskunalarda
oldindan suv siqib
chiqarilgandan keyin uni hajmi-ni o‟lchash yo‟li bilan dondagi suv miqdori aniqlanadi.
Shuningdek don namligini aniqlaydigan boshqacha tartibdagi quyidagi usul-lar keng
tarqalgan:
1.
Butun yoki maydalangan don (quruq qoldig‟i bo‟yicha) namunalami quritish bilan suv
miqdorini aniqlash.
2.
Donning elektr o‟tkazuvchanligini va dielektrik o‟tkirligiga qarab namligini aniqlash.
Quritish usulida namlikni aniqlash uchun don namunalarini
quritishda quritgich
javonlarining turli sistemalari (SESh-1, SESh- 2, SESh-3 va boshqa) qoMlaniladi. Elektr
o‟tkazuvchanligiga qarab namlikni hozirgi davrda keng qo‟llanilayotgan
elektr nam
o‟lchagichlarida amalga oshirilmoqda.