50
12-rasm.
Tayyorlik holatida turish himoyalanuvchi o‘yinchining
vazifalari bilan
belgilovchi xususiyatlarga ega. Avvalo, himoyachi o‘z vaqtida to‘p ostiga
o‘tish uchun tez start olishi lozim. Harakatlanishlar haqidagi tegishli bo‘limda
shunday xulosaga kelgan edikki, buni yaxshisi bukilgan oyoqlarda pastroq va
keng turish holatida bajargan ma’qul, bunda birinchi qadamdagi gorizontal
tashkil etuvchi kuch ancha yuqori bo‘ladi. Yengil
atletikada ham shunday
qonuniyat mavjud: masofa qanchalik qisqa va harakatlanish tezligi yuqori
bo‘lsa, yuguruvchilar shunchalik past start holatini egallaydilar.
Harakatni tez boshlashning shartlaridan yana biri: tovonlar dastlabki holatga
chizig‘ bo‘ylab joylashgan bo‘lishi lozim. Bunda perpendikulyar (ko‘ndalang)
yo‘nalishda tez harakatlanish g‘oyat qiyin bo‘ladi. Shunga qaramasdan, juda
ko‘pchilik holatlarda himoyachida
faqatgina uchta oldinga, o‘ngga va chap
yo‘nalishlarga burilish imkoni bo‘ladi. Agar dastlabki holatda himoyachining
tovonlari frontal tekislikda joylashgan bo‘lsa, unda old tomonga start
qiyinlashadi, saggital (bir
oyoq oldinda, boshqasi orqada) holatida esa,
tomonlarga harakat boshlash uchun, avvalo
old tomonga muvozanatni
yo‘qotish, keyin to‘p tomonga qadam tashlashni bajarish kerak.
Harakatni boshlashda muvozanatni yo‘qotish holati himoyachini o‘z joyida
ancha ushlab qoladi. To‘pni qabul qilishdagi qiyinchiliklarga bog‘liq holda,
frontal turish holatidagi himoyachilarning old tomonga yiqilishlari yuqori
bo‘ladi. Asosiy turish holatidagi ko‘pchilik himoyachilar ichki sezgi asosida
51
tananing umumiy og‘irlik markazi proyeksiyasini
tayanchning oldingi
chegarasiga siljitadilar, biroq bu ham harakatni tez boshlash uchun yetarli
bo‘lmaydi.
Buning yechimi juda oddiy. Agar start harakatlarining mumkin bo‘lgan
yo‘nalishlari uchtagina bo‘lsa, bunda himoyachining old tomonga muvozanatni
yo‘qotish bevosita bo‘ladi (biroq oldinga harakatlanish bilan emas), bu
tananing umumiy og‘irlik markazini muvozanatdan chiqarishning uzoq davom
etuvchi bosqichini “bartaraf” etadi, “zarbadan qabulgacha” vaqt oralig‘ini
qisqartiradi.
Shu tarzda, himoyachining o‘z joyida ancha ushlanib qolishi –
harakatlanish tomoniga muvozanatni yo‘qotish zarba berishga qadar bajariladi.
Oldinga haddan tashqari ko‘p egilishdan va qadam tashlab qo‘yishdan
saqlanish zarur, bu yon tomonlarga harakatlanishni qiyinlashtiradi yoki cheklab
qo‘yadi.
To‘p ostiga o‘z vaqtida chiqishni uzil-kesil ta’minlashga hujum yo‘nalishini
oldindan ko‘ra bilish asosida harakatlanishni ertaroq (hujumchi to‘pga zarba
bergungacha) boshlash yordam beradi. Oldindan ko‘ra bilish o‘yin vaziyati
tahlili natijalari va hujumchining zarba harakatlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunda
muvaffaqiyatni o‘yinchining individual taktikasi belgilaydi.