Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish




Download 210.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.04.2024
Hajmi210.11 Kb.
#207237
Bog'liq
1 ТТП
mutaxassislik kirish sillabus yangisi 2022 to\'g\'risi, jkCWiGnM43XR 8venqZxZcSuquQBxO0C, traf m hit modell dirm L RI, Operasion sistemalar va ularning turlari. Unix operatsion sistem, 1. Tebranma harakat haqida tushuncha Garmonik tebranma harakat k-fayllar.org, 2-ma\'ruza 2022-23, 3- nazorat ishi matematika, Внеклассное чтение, Reference-360211100094-4, O, Mavzu kompyuter bilan tanishuv mustaqil ishi, Professions, agror iqtisodiyot, qsF4zLC7EETqfW6l5nIW619wzWq3IfjmLIRNk9y8, Academic-Data-345191100338


TIKUVCHILIK USTAXONALARIDA
ISH O‘RNINI TASHKIL QILISH 
1.1.Tikuvchilik ustaxonalarida ish o`rnini
tashkil qilish texnologiyasi 
MAQSAD: Tikuvchilik ustaxonalarida ish o`rnini tashkil qilish texnologiyasi 
bilan tanishishni shakllantirish. 
O’QUV SOATLARI: 4 soat. (80 daqiqa). 
MODULNI O’RGANISh JARAYoNIDA EGALLANADIGAN AMALIY 
KO’NIKMALAR: 
- Qo’lda bajariladigan ishlar uchun ish o’rnini tashkil etish; 
- Qo’l ishlarini ish o’rnida tashkil etish; 
- Qo’lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalardan foydalanish. 
MODULNI O’RGANISh DAVOMIDA ShAKLLANADIGAN 
- Qo’lda bajariladigan ishlar uchun ish o’rnini to’g’ri tashkil etish qoidalari; 
- Tik turib yoki o’tirib ishlayotganda gavda holatiga ahamiyat berish shartlari; 
- Qo’lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalarni ishlatish qoidalari; 
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR: 
Mehnat muhofazasi ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog’ligini va 
xavfsizligini ta’minlash uchun yo’naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial- 
iqtisodiy, tashkiliy, texnik, profilaktik tadbirlar va vositalardir. 
Mehnatkashlarning sog’ligini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitlarini 
yaratib berish, kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohatlarini yo’qotish 
O’zbekiston Respublikasi hukumatining asosiy g’amho’rlikligidan biridir. 
Mehnat muhofazasi qonunlarida quyidagilar ko’rsatilgandir: 
- korxonalarda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish qoidalari, uni
rejalashtirish va mablag’ bilan ta’minlash; 
- xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari, shu bilan birga
kasbiy kasalliklar va ishlab chiqarish jarohatlaridan saqlanish shaxsiy
vositalari, zararli ish sharoitlari uchun tovon to’lash; 
- ayollarning, yoshlarning va mehnat imkoniyatlari cheklanganlarning
mehnatini muhofaza qilish qoida va me’yorlari; 
- mehnat muhofazasi sohasida nazorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi
qoidalar; 
- mehnat muhofazasi qonunlari buzilganda qo’llaniladigan javobgarlik; 
Ishlab chiqarish korxonalarida odamga ko’pincha past va yuqori harorat,
kuchli issiqlik nurlari, chang, titrashlar (vibratsiya), elektromagnit to’lqinlari,
zaharli ximiyaviy moddalar, shovqin va boshqalar ta’sir ko’rsatadi: bular kishi
sog’ligining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bunday noxush ta’sirotlar va ulardan kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish
uchun ishchilar sog’ligi, shuningdek sanitariya-texnika moslamalari va
qurilmalarining holati, sanitariya-maishiy jihozlar, individual himoya vositalari
sinchiklab tekshiriladi. 
Kasbiy kasalliklar asosan to’rt guruhga: tashkiliy sabablar, gigiyenik sabablar, 
texnik va ruhiy fiziologik sabablarga bo’linishi mumkin. 


Tashkiliy sabablar: 
- xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong’in xavfi bo’yicha 
yo’riqnomaning umuman o’tkazilmaganligi va sifatsiz o’tkazilganligi; 
- ish joylari, yo’lak va transport yo’llarining to’silib qolishi; 
- ish vaqtidan tashqari ishlash; 
Gigiyenik sabablar: 
- oqova suvlaridagi va havodagi zararli moddalarning yuqori 
kontsentratsiyasi mavjudligi; 
- yoritilganlikning yetarli emasligi yoki ularning noqulay o’rnatilganligi; 
- Sexlarda shovqinning me’yoridan ortiq bo’lishi; 
- har bir ishchiga to’g’ri kelishi kerak bo’lgan maydon va hajm bo’yicha 
ko’rilish me’yorlarining buzilishi; 
Texnik sabablar: 
- uskuna va mexanizmlarning nosozligi
- mashinalarning xavfli joylarining to’silmaganligi; 
- og’ir va sermehnat ishlarning yetarli mexanizatsiyalashtirilmaganligi; 
Ruhiy-fiziologik sabablar: 
- haddan ortiq charchash; 
- ishning og’irligi; 
- ishning monotonligi; 
- ishlab-chiqarish va mehnat intizomining buzilishi; 
- ishchining nosog’lomligi; 
Kasb kasalliklari mehnat qobiliyatining pasayishiga, o’tkir va surunkali
zaharlanishning avj olishiga, umuman kasalliklarning ko’payishiga, uzoq muddat
o’tgandan keyin paydo bo’ladigan yomon asoratlarga sabab bo’lishi mumkin. 
Charchashning tez yoki sekin ro’y berishi mehnatning xususiyatiga bog’liq: 
Kishi bir tarzda turib muskullariga zo’r keladigan ish bajarganda ancha tez, 
bir tekisda ish bajarganda birmuncha sekin toliqadi. 
Charchashning oldini olish uchun bekorchi harakatlarni bartaraf qilishga, ish
o’rinlarining ratsional tashkil etilishiga, ish vaziyatiga va mashq qilishiga katta
e’tibor berish kerak. Tikuvchining gavdasi stol chetidan 10-15 sm. narida turishi,
tikayotgan bo’lak va ko’z orasidagi masofa taxminan 30-35 sm. bo’lishi kerak.
Tirsagi stol sathida bo’lib, qo’l panjalari mashina platformasida turishi lozim, oyoq
muskullari zo’riqishini kamaytirish uchun oyoq tagiga taglik qo’yiladi, mashina
tepkisining oldingi tomoni poldan 220 mm. baland turishi, tepki 20 gradus burchak
ostida og’gan bo’lishi, oyoq qulay harakatlanishi, tepkining oldingi chetidan stul
o’rindig’ining orqa chetigacha bo’lgan oraliq (gorizontal bo’lib) 650 mm. dan
oshmasligi lozim. 
Ish joylarida mikroiqlim omillari - harorat, nisbiy namlik, havoning tozaligi
hamda, atmosfera bosimi tashkil etadi. Bunday muhit kishi organizmiga salbiy
ta’sir qilib, uni sovitib yoki qizitib boradi. Kishi organizmining me’yoriy harakati
36-37 gradus bo’ladi. Organizm o’zi uchun zarur bo’lgan haroratni ta’minlab turish
qobiliyatiga ega. 


Sex havosining harorati yuqori bo’lganda qon tomirlari kengayib, teriga qon
me’yoridan ko’p kela boshlaydi va atrof muhitga issiqlik uzatish bir muncha
ko’payadi. Shuning uchun issiq Sexlarda sal sho’rlangan gaz suvlari beriladi. 
Sexlardagi havo harorati pasayganda, qon tomirlari torayib, teriga qonning 
kelishi susayadi va tanada tashqi muhitga issiqlik berishi kamayadi. Kishi o’zini 
yaxshi his qilishi uchun harorat nisbiy namlik va havo harakati tezligi uyg’un 
bo’lishi zarur. Odamlar bino ichida uzoq vaqt bo’lganlarida bino havosi 
og’irlashadi. Shuning uchun binoni shamollatib, havosini almashtirib, iflos havoni 
chiqarib, tozasini kiritish zarurati tug’iladi. 
Sex havosini shamollatish tabiiy va mexanik bo’ladi. Mexanik shamollatish
vintelyator va konditsionerlar bilan amalga oshiriladi. Agar havoni almashtirish
fortochka, deraza yoki devor teshiklari orqali amalga oshirilsa, tabiiy shamollatish
deyiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida Sexlarda chang ajralib,kishi bunday havodan 
nafas olganda yuqori nafas yo’llari qichiydi va kishi o’zi hohlamagan holda yuzaki 
nafas oladi. Bu esa, o’pka faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi va turli kasalliklarni 
keltirib chiqaradi. Chang, ko’z shilliq pardalarini qichittirib konyuktivit kasalligini 
keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, chang zarrachalari sil tayoqchalarini va zaruriy 
bakteriyalarni tashuvchi vositadir. U lampalar ustiga o’tirib, Sexdagi yorug’likni 
kamaytiradi. Bu esa, ishchilar faoliyatiga va sog’ligiga ta’sir qiladi. 
Ma’lumki, tabiiy yorug’lik manbai quyoshdir. Sun’iy yorug’lik manbai esa,
elektr energiyasi bo’lib, u cho’g’lanma va lyuminestsent lampalar orqali amalga
oshiriladi. 
Lyuminestsent lampalar ishchilarni kamroq toliqtiradi, ranglarni idrok qilish 
qobiliyatlari ortadi. 
Shovqin turli a’zolar va sistemalarning hazm qilish (oshqozon shirasi 
sekretsiyasining o’zgarishi), qon aylanishi (qon bosimining ko’tarilishi) va shunga 
o’xshashlarning normal faoliyati buziladi. Shu bilan birga, gaz va suyuqliklarning 
harakati natijasida hamma shovqin chiqishi mumkin. 
Mashina va mexanizmlarning titrashini kamaytirish quyidagi usullarda olib
boriladi: 
- rezonans holatidan chiqarish; 
- titrashni dempferlash; 
- titrashni dinamik so’ndirish; 
- titrashni ixotalash va shaxsiy himoya vositalarini qo’llash. 
Qo’lni titrashdan saqlash uchun maxsus qo’lqoplar ishlatiladi. 
Elektr tokidan shikastlanish (tok urishi) ishlab chiqarishda ko’p kuzatiladi.
Elektr toki organizm orqali o’tganda issiqlik, elektrolitik va biologik ta’sir
ko’rsatadi. 
Issiqlik ta’siri badanning ayrim joylarining kuyishi, qon tomirlari, asab va 
boshqa to’qimalarning qizishi bilan xarakterlanadi. Elektromagnit ta’sir 
qonunining va boshqa organik suyuqliklarning qurishiga va ularning fizik-ximik 
tarkibining buzilishiga olib keladi. 


Texnika xavfsizligi 
Texnika xavfsizligi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan 
chora-tadbirlar sistemasidan iborat. Sexlarda qo’lga igna kirib ketishi, qo’lni 
nimadir kesib olishi, mashinalarning kiyim yoki sochni o’rab ketishi, dazmol yoki 
presslarda biron joy ko’yib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi 
natijasida ishlovchilar jarohatlanib qolishi mumkin. Texnika xavfsizligi qoidalari 
noxushlik va baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi. 
Qo’l va mashina operatsiyalarida ishlovchilar quyidagi qoidalarga rioya 
qilishlari lozim: 
1. Ish bajarayotganda ziyrak bo’lish kerak. 
2. Mashina asbob va moslamalarning ishga yaroqligini tekshirib turish
lozim. 
3. Simlarga ip, latta, simchalar osmaslik kerak. 
4. Tugma qadash mashinasida ishlaganda saqlash ekranidan foydalanish
zarur. 
5. Elektr dvigatelni o’chirmasdan mashinaga moy surtish, uni tozalash,
mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi. 
6. O’z ish o’rnini toza tutish lozim. Asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va
iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo’yilmasligi kerak; 
7. Ish o’rinlari orasidagi yo’lni to’smaslik lozim. 
8. Elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyatsiyasini tekshirish
lozim. 
9. Dazmolning, rubilnikning, shtepsel rozetkasining, vilkaning tok
o’tkazuvchi qismlariga qo’l tekkizmaslik kerak. 
10.Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak. 
11.Pressda ishlashda uning yaroqligini, to’siq borligini, korpusning yerga
ulanganligini, elektr qismida izolyatsiya borligini tekshirish kerak. Buzuq
pressda ishlash man etiladi. 
12.Qo’lni yostiqlari orasida qolishidan ehtiyot bo’lish lozim. 
13.Ishlayotgan pressni nazoratsiz qoldirish mumkin emas. 
14.Buyumni namlayotganda suvni apparatlarga va termorostlagichga
tushirmaslik kerak. 
15.Ish tugagach pressni to’xtatib, ish o’rnini yig’ishtirish kerak. 
Qo’lda bajariladigan ishlarga mashinada bajariladigan operatsiyalardan
ko’ra, ko’proq vaqt ketadi. Qo’l ishlari ikki guruhga bo’linadi: tik turib
bajariladigan ishlar va o’tirib bajariladigan ishlar. Tik turib bajariladigan ishlarda
kiyim yoki bo’lak stol ustiga qo’yiladi, o’tirib bajariladigan ishlar esa, kiyim yoki
bo’lakni ham stol ustiga, ham ishchining tizzasiga qo’yib qilinishi mumkin. 
Oyoq toliqmasligi uchun o’tirib bajariladigan ish o’rnini pastki qismiga
kichkina yashikcha o’rnatiladi. Ishlatiladigan asbob va moslamalar olishga qulay
va bir-biriga yaqinroq qilib qo’yiladi. (1-rasm). Stol o’ng tomonining old qismida
chegaralangan joy bo’lib, bu yerda qaychi, bo’r, igna, ip va hokazolar saqlanadi.
Stol o’ng tomonining yuqori burchagiga organik shisha tagiga instruktsiya kartasi 


joylashadi. Ish stollarining tagiga chiqindilar idishi qo’yiladi. Tik turib, yoki o’tirib
ishlayotganda gavda holatiga ahamiyat berish zarur, chunki gavda holati noto’g’ri
bo’lsa, odam tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi va gavda qiyshayib yoki
bukchayib qolishiga olib keladi. Ishchi to’g’ri o’tirishi uchun: oyoqlar polga yoki
yashikchaga to’la tiralib turishi kerak. Oyoqlarni chalishtirib o’tirmagan ma’qul,
aks holda qon aylanishi yomonlashadi. Gavdani va boshni to’g’ri tutib yoki salgina
oldinga egib o’tirish kerak. 
Ko’krakni stolga tirab o’tirish yaramaydi; qo’l tirsakdan bukilib gavdadan
taxminan 10 sm masofada turishi lozim; ish bajarayotganda tirsaklarni stol ustiga
tirab o’tirish yaramaydi. Tikayotgan kiyim yoki bo’lakni ko’zdan 25-30 sm
masofada tutish lozim. Ish o’rni yaxshi yoritilgan bo’lishi, yorug’lik chap
tomondan tushib turishi lozim. Tik turib ishlaydigan ishchi gavdani to’g’ri va
qattiq tutib turishi, bo’yin va ko’krak qismida umurtqa to’g’ri, turishi kerak. 
Qo’lda ish bajaruvchilar uchun ish o’rnini tashkil etish 
Ish o’rnini ta’minlash. 
Rasm 
1-Stol; Yuqori qismi silliq, mehnat 
qurollari va 
namunalarni saqlaydigan,
ochiladigan 
tortmalardan tashkil topgan. 
2-Yoritgich, 
mahalliy
yoritgich 
harakatlanuvchi moslama. 
3-Ip va qurollarni saqlash uchun; 
4-Chiqindilar uchun xalta; 
5-Oyoq uchun tirgak; 
6-vintli stul. 
Tik turib qo’lda bajaruvchilarning ish 
o’rni. 
1. Stol 
2. Kronshteyn 
3. Qaychi bo’r va h.k. saqlash uchun. 
4. Ko’rsatuv xaritasini saqlash uchun 
organik 
shisha 
5. Chiqindilar uchun quti 
6. Asbob va qurilmalarni saqlash uchun 
tortma. 
Qo’lda bajariladigan ishlar uchun asbob va moslamalar 


Nomlanishi 
Rasm 
1. Qo’l ignalari. Uchi o’tkir pishiq, sinib ketmaydign silliq 
bo’lishlari 
kerak. Uzunligi va yo’g’onligiga qarab 1 dan 12 gacha 
raqamlanadi. 
Toq nomerli ignalar juft raqamli ignalarga qaraganda 
uzunroq bo’ladi. 
Ignalarning o’lchami va qanday qalinlikdagi gazlamalarga 
qanday 
ignalar ishlatilishi quyidagi jadvalda ko’rsatilgan. 
Igna raqami 
Igna diametri mm. 
Uzunligi mm 
GAZLAMA TURLARI 
1.Yupqa jun, ip gazlamalar. 
2.Yupqa jun, ip va gazlamalar hamda o’rta qalinlikdagi
sof jun 
kiyimlik ip gazlama: triko, yengil kamvol gazlama. 
3.O’rta qalinlikdagi kastyumlik va paltolik gazlama: 
4.Qalin gazlamalar: drop, movut va h.k. 
5.Og’ir gazlamalar: qoplar, pogon, brezent va h.k. 
2. Angishovna - qo’l barmoqlarini igna sanchilishdan 
himoya qiladi 
va o’ng qo’lning o’rta barmog’iga kiyiladi. Ikki tubli va 
tubsiz bo’ladi. 
Ayollar ko’ylagi va ich kiyimlarini tikishda tubli
angishvona 
ishlatiladi. Uy kiyimlarda palto, kastyum, plashlarni 
tikishda tubsiz 
angishvona ishlatiladi. 
3. Qaychi - kiyim bo’laklarini bichish, tikayotganda 
bo’laklarning 
ba’zi joylarini qirqish, baxyaqatorlar oxiridagi ip uchini 
qirqish uchun 
ishlatiladi. Qaychining 8 turi mavjud. 
4. Santimetrli lenta - 150 sm uzunlikdagi rezinkalangan 
lenta bo’lib, 
har 0,5 sm oralikda belgisi bor. Santimetrli lenta gavda 
o’lchamini va 
bo’laklarni o’lchash uchun ishlatiladi. 
4. Maneken - kiyim bo’laklarining to’g’ri ulanganini
tekshirib 
ko’rishda ishlatiladi. 
5. Andoza - karton yoki boshqa qog’ozdan qirqilgan kiyim 
bo’laklari. 
Andozalar ishchi, yordamchi yoki etalonga ajratiladi: 

6. Pichoqli halqa - asosan qo’lda qaviq tushirgandan keyin 
ipning 
uchini qirqish uchun ishlatiladi. Ko’rsatkich barmoqqa 
kiyiladi. 
7. Dukcha - metall, plastmassa yoki suyakdan yasalgan 
o’tkir uchli 
sterjen, bort, yoqa uchlari, shakldor choklarni ag’darib 
to’g’rilash 
uchun ishlatiladi. 
8. To’g`nog’ich - bo’laklarni bir-biriga yopishtirish uchun, 
chiziqlarni 
bir tomondan ikkinchi tomonga o’tkazish uchun hamda 
primerkada 
qo’llaniladi. 
9. Chizg’ich - kiyim chizmalarini loyihalashda va
bichishda 
ishlatiladi. 


10. 
Iz 
tushirgich 

andozlar 
tayyorlashda 
kiyim 
chizmasi 
bo’lakarini kartonga tushirishda
yoki qog’ozdan gazlamaga, bir
bo’lakdan 
ikkinchi 
bo’lakka 
iz 
tushirishda ishlatiladi. 
11. Bo’r - chiziqlarni tushirishda
va primerkada nuqsonlarni 
belgilashda ishlatiladi. Bo’r izi 0,1 
smdan oshmasligi kerak. 
KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR: 
- Tik turib ishlovchilar uchun stol; 
- O’tirib ishlovchilar uchun stol va stul; 
- Har bir talaba uchun asbob va moslamalardan bir to’plam; 
- Gazlamalardan namunalar 
- Tik turib va o’tirib qo’lda ish bajaruvchilar tasvirlangan stend 

Download 210.11 Kb.




Download 210.11 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuvchilik ustaxonalarida ish o‘rnini tashkil qilish

Download 210.11 Kb.
Pdf ko'rish