X rom atik k om pozistiyalarda ran glar u yg'unligi




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/99
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130038
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99
Bog'liq
D. Djalolova - Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash

X rom atik k om pozistiyalarda ran glar u yg'unligi. 
Oq, qora 
va kul rang ranglar rangshunoslikda axromatik ranglar deb 
ataladi. Spektrning barcha ranglari axromatik (rangsiz) ranglardan 
farqli ravishda xromatik (rangli) ranglar deb ataladi. Axromatik 
ranglar bitta xossaga - 
ochiqlik
(oqishlik) xossasiga ega. Ularda rang 
bo'lmaydi, faqat ma'lum darajada och yoki to'q bo'lishi mumkin.
Axromatik ranglar guruhi oq, qora va kul rangdan iborat 
bo'lib, kul rang bir qancha tuslarga ega.
Axromatik ranglar bir-biridan faqat oqishligi bilan farq qiladi. 
Inson ko'zi kul rangning 300-400 xilini ham farq qila oladi. 
Axromatik ranglarning bir-biridan oqishligi bo'yicha farqlanishini 
oddiy misolda ko'rish mumkin. Oq qog'oz, gips va oq bo'yoqni 
(guash, tempera, moy) o ’zaro solishtirilsa, ulardan biri albatta 
oqroq bo’ladi.Qora ranglar ham bir xil emas: masalan, qora 
baxmalning rangi qora movutdan to'qroq, qora movut rangi esa qora 
rangli chitdan to'qroqdir. Kul rang, ayniqsa, oqishligi bo’yicha eng 
ko'p tuslanadi.
165


Axromatik rangli kompozitsiyalar garmoniyasi ikki, uch va 
undan ortiq tuslarni birga muvofiqlab ishlatish natijasida yuzaga 
keladi. Ikki va undan ortiq tusli axromatik kompozitsiyalar 
gazmollami badiiy bezashda, to'qima naqshlarni yaratishdek ijodiy 
jarayonda keng qo'llaniladi.
Xromatik ranglarning asosiy xarakteristikasi: rang tusi, 
to'yinganlik, oqishlikdir.
Xromatik ranglarning eng xarakterli va o'ziga xos xossasi 
rang tusi,
ya'ni ranglar tusidagi tafovutdir. Xromatik ranglar 
orasida kam to'yingan va to'yingan ranglar bo'lishi mumkin. Och 
pushti, och yashil va h. ranglar kam to'yingan ranglarga misol 
bo'ladi. 
To'yingan ranglar
spektr ranglaridir. Ranglarning oqqa 
ko'proq yoki kamroq yaqinligi 
ochiqlik
deb ataladi. Masalan, sariq 
rang va uning tuslari (sarg'ish yashil, sarg'ish zarg'aldoq) ko'k 
hamda binafshadan ancha ochroq va h.
Predmetning 
eng muxim axborot sifatlaridan biri rang 
hisoblanadi. Amaliy san'at predmetlarida rangning 
vazifasi 
turlicha. Bular psixologik, ijtimoiy, estetik vazifalardir.
Rang hayot va mamot timsoli, quvonch va xafalik ifodasi 
bo'lib kelgan: u iliqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik, yengillik 
va 
vazminlik 
hissini 
berishi 
mumkin: 
bizning 
his 
-
tuyg'ularimizda ham rang ta'siri bor.
Rang hamma vaqtlarda 
jins - yosh farqini bildiradigan 
vosita bo'lgan. Bolalar kiyim nozikroq tusli bo'ladi, o'smirlar 
kontrast ranglarni m a'qulroq ko'radi, katta yoshlilarga chuqurroq 
rang tuslari yoqadi. Ayollarning kiyimi erkaklar kiyimidan ko'ra 
yorqinroq va ko'p rangliroq bo'ladi.
Tabiatdagi hamma ranglar xromatik ranglarga bo'linadi.
Xromatik ranglarning xususiyatlari quyidagilar:

Download 5,14 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   99




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



X rom atik k om pozistiyalarda ran glar u yg'unligi

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish