15
6. Interferensiya. Bu hodisa fazoda bir qancha to‘lqinlarning
qo‘shilishida kuzatiladi. Fazoning turli nuqtalarida qo‘shiladigan
to‘lqinlarning fazalari nisbatiga bog‘liq ravishda natijaviy to‘lqin
amplitudasining ortishi yoki kamayishi kuzatiladi.
Yer sirtida tarqaladigan va yer sharining qavariqligi qisman
og‘diradigan difraksiya tufayli radioto‘lqinlar sirt to‘lqinlari deyiladi.
Sirt to‘lqinlarining tarqalishi yer shari sirtining xossalariga kuchli
bog‘liq bo‘ladi. Atmosferada yuqori balandliklarda tarqaladigan va
atmosferaning
bir
jinslimasliklari
tufayli
yerga
qaytadigan
radioto‘lqinlar fazoviy to‘lqinlar deyiladi.