41
koldiksiz bo‘linishi uchun xar qaysi tashkiliy operatsiya 2, 3, 4 yoki 6 ta ishchiga mo‘ljallanib
xisoblanadi).
Qat`tiy ma`romli ishlaydigan konveyerli ishlab chiqarish oqimlar uchun asosiy xisob shartdan
tashqari qo‘shimcha xisob sharti aniqlanadi. Operaratsiyalarni vaqtining moslashning qo‘shimcha
sharti tikilayotgan ayrim buyumlar uchun xisoblab topilgan vaqtning bitta buyum o‘rtacha vaqtidan
farqi xuddi shu konveyer oqimida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan farqdan ortib ketmasligidan
oborat.
Ko‘p modelli konveyerli ishlab chiqarish oqimlarida ishchi koveyer tasma uyasidan mexnat
predmetlarini olib, unga ishlov berib, yana shu uyaga mexnat predmetlarini qaytarishi kerak.
Shuning uchun tashkiliy operatsiyalarini moslash bir paytda yuqorida ko‘rilgan asosiy xisob sharti
bilan birga qushimcha xisob sharti xam ko‘zda tutulishi kerak.
Max[(t
o1
);(t
o2
);...(t
on
)]≤L
i.o‘.
* τ / l - t
a.f.
bu erda:
Max[(t
o1
);(t
o2
);...(t
on
) – tashkiliy operatsiyaga modellar bo‘yicha maksimal sarflanadigan
vaqt,s ;
L
i.o‘
– ish o‘rinlarining qadami,m;
l- konveyer tasma uyasining qadami,m;
τ- ishlab chiqarish oqimining ma`romi,s;
t
a.f.
- ish o‘rindagi turli mayda kamchiliklar( mashina naychasini almashtirish, ip uzilishi, igna sinishi
va x.k.) natijasida operatsiyalar vaqtida yuz beradigan amaldagi farq. Bu farq qo‘l ishlari uchun
40-60 s., mashina ishlari uchun 60-90 s ga teng.
Shunday qilib ishlab chiqarish oqimining tashkiliy- texnologik sxemasini (mexnat taxsimotini)
tuzish uchun yuqorida qayt etilgan talablarga rioya kilinadi.
Nazarot va muxokama savollari
1. Ishlab chiqarish oqimining asosiy parametrlari va ularni xisoblash.
2. Tashkiliy texnologik sxemani tuzishga qo‘yiladigan talablar.
3. Turli oqimlar uchun tashkiliy-texnologik sxemani tuzish.