Tayanch so‘z va iboralar
1. Optimallashtirish - eng yaxshi shart sharoitlarni aniqlash;
2. Optimallik kriteriysi - jarayonning eng yaxshi shart sharoitlarini belgilovchi ko‘rsatkich;
3. Tizimni boshkarish ta’sirlari - texnologik jarayonni boshqarishda ta’sir kursatuvchi ta’sir kanallari;
5. TJ ni effektivlik kursatkichlari - TJ ni effektiv ishlayotganini ko‘rsatuvchi ko‘rsatgichlar;
6. Tannarx - maxsulotni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar yig‘indisi;
7. Foyda - tovar baxosidan unga sarflangan xarajatlani ayirmasi;
8. Optimallik kriteriysining maksad funksiyasi - optimallik kriteriysining texnologik parametrlar orqali ifodalangan funksiya;
9. Uzgaruvchilarga kuyilgan cheklamalar - texnologiyadagi o‘zgaruvchilarning o‘zgarish chegaralarini belgilovchi ko‘rsatkich;
10. Maksad funksiyasini geometrik interpretatsiyasi - maqsad funksiyasini koordinata tizimsida ko‘rinishi;
11. p-ulchamli - maqsad funksiyasi p-ta texnologik parametrdan bog‘liq;
12. Kidirish kadami - optimumni qidirishda texnologik parametrlarni o‘zgarish miqdori;
13. Gradient usuli - funksiya gradienti, ya’ni funksiyaning eng tez o‘zgarish yo‘nalishi aniqlanadi va shu yo‘nalishda qidirish tashkil qilinadi;
14. Funksiyani eng tez uzgarish yunalishi - xamma o‘q yo‘nalishlar bo‘yicha funksiya xosilasi xisoblanib ularning vektor yig‘indisi - funksiya gradienti aniqlanadi. U funksiyaning eng tez o‘zgarish yo‘nalishini belgilaydi;
15. Fibonachchi sonlaridan foydalanib kidirish usuli - Fibonachchi sonlari qatoridan foydalangan xolda funksiya optimumi topiladi.
Nazorat savollari
Optimallashtirish kriteriysi va uning maqsad funksiyasi nima?
Qanday optimallik kriteriylarini bilasiz?
Tannarx optimallik kriteriysi qanday kamchilikga ega?
Optimallashtirishning relaksatsiya usulida optimumni qidirish strategiyasi qanday?
Gradient usulidachi?
Nogradient usullardan qaysilarini bilasiz va ularda optimumni qidirish strategiyasi qanday?
|