124
Saqlovchi qurilmalarda qo`yiladigan asosiy talablardan biri bu qurilmalarning
berkitilgan holatida zich yopilganligini va ochilgan vaqtda qisilgan moddaning
chiqarib yuborishiga buladigan qarshilikning iloji borcha kam bulishi talab etiladi.
Xavfsizlikni ta`minlash nazorati ishlab chiqqan qoidalarga asosan har bir bosim ostida
ishlaydigan idish yoki suv isitish, bug’ hosil qilish qozonlariga albatta saqlovchi
qurilmalar, manometrlar (bitta ishchi monometr va bitta nazorat manometri), suv
hajmini ko`rsatuvchi asbob, ta`minot jo`mragi va teskari klapan (bular qozonni suv
bilan ta`minlash joyiga o`rnatiladi), shuningdek suvni to`kish jo`mraklari o`rnatilgan
buladi.
Bug’ hosil qiluvchi qozonlar va havo yig’uvchi idishlar (ressverlar) ga o`rnatilgan
saqlovchi qurilmalar, ularda yig’ilgan bug’ va havoning bosimini belgilagan
miqdoridan oshib ketgan taqdirda, odam ishtiroqisiz ochilib, ortiqcha bosimni chiqarib
yuborish bilan umumiy bosim ma`lum chegarada bulishini ta`minlab turadi.
Saqlovchi qurilma ochishi zarur bulgan teshikning ko`ndalang kesimi bug’ qozonida
hosil bulgan ortiqcha bosimni chiqarib yuborish imkonini berishi kerak.
Saqlovchi qurilmalar tuzilishi buyicha richagli va prujinali, yopiq, yoki ochiq, bittali
yoki juft, ochilishi baland va past turlarga bulinadi.
Amaliyotda keng foydalaniladigan richakli va prujinali saqlov qurilmalar keng
ko`lamda qo`llaniladi.
Qozonlarda muhofaza vositasi sifatida saqlovchi sinuvchi yoki sitiluvchi
membranalardan ham foydalaniladi. Bu membranalar qozondagi bosim keskin
ko`tarilib ketganda (ishchi bosimning 0,25Ri miqdoridan ortib ketganda) sinib ketishi
natijasida bosimni tashqariga chiqarib yuboradi.