1.
Axborot xavfsizligining siyosati
Axborotni ishonchli himoya mexanizmini yaratishda tashkiliy tadbirlar muhim rol
o`ynaydi, chunki konfidentsial axborotlardan ruxsatsiz foydalanish asosan texnik
jihatlar bilan emas, balki himoyaning elementar qoidalarini e`tiborga olmaydigan
foydalanuvchilar va xodimlarning jinoyatkorona harakatlari, beparvoligi, sovuqqonligi
va mas`uliyatsizligi bilan bog’liq.
152
Tashkiliy ta`minot konfidenitsal axborotdan foydalanishga imkon bermaydigan yoki
jiddiy
qiyinchilik
tug’diruvchi
ijrochilarning
ishlab-chikarish
va
o`zaro
munosabatlarini me`yoriy-huquqiy asosida reglamentlashdir.
Tashkiliy tadbirlarga quyidagilar kiradi:
-
xizmatchi va ishlab chiqarish bino va xonalarni loyihalashda, qurishda va
jihozlashda amalga oshiriladigan tadbirlar. Bu tadbirlarning asosiy maqsadi hududga
va xonalarga yashirincha kirish imkonini yo`qotish; odamlarning va transportning
yurishi nazoratining qulayligini ta`minlash; foydalanishning alohida tizimiga ega
bo`lgan ishlab chiqarish zonalarini yaratish va h.;
-
xodimlarni tanlashda amalga oshiriladigan tadbirlar. Bu tadbirlarga hodimlar bilan
tanishish, konfidentsial axborot bilan ishlash qoidalari bilan ishlashni o`rgatish,
axborot himoyasi qoidasini buzganligi uchun javobgarlik darajasi va h; bilan
tanishtirish kiradi;
-
ishonchli ruxsatnoma rejimini va tashrif buyuruvchilarning nazoratini tashkil
qilish;
-
xona va hududlarni ishonchli qo`riqlash;
-
hujjatlar va konfidentsial axborot eltuvchilarini saqlash va ishlatish, shu jumladan,
qayd etish, berish, bajarish va qaytarish tartiblariga a rioya qilish;
-
axborot himoyasini tashkil etish, ya`ni muayyan ishlab chiqarish jamoalarida
axborot xavfsizligiga javobgar shaxsni tayinlash, konfidentsial axborot bilan ishlovchi
xodimlar ishini muntazam tekshirib turish.
Bunday tadbirlar har bir muayyan tashkilot uchun o`ziga xos xususiyagga ega bo`ladi.
Tashkiliy tadbirlarning talaygina qismini xodimlar bilan ishlash egallaydi.
Mulkchilikning turli shakllariga ega bo`lgan korxona xodimlari bilan ishlashda
tashkiliy tadbirlar, umumiy holda quyidagilarni o`z ichiga oladi:
-
ishga qabul qilishda suhbat. Suhbat natijasida nomzodning mos bo`sh joyga qabul
qilinishi maqsadga muvofiqligi aniqlanadi;
-
muayyan korxonada konfidentsial axborot bilan ishlash qoidalari va muolajalari
bilan tanishish; ishga qabul qilinuvchi korxona tijorat sirlarini saqlashi bo`yicha tilxat
va firma sirlarini oshkor qilmaslikka va`da beradi;
-
xodimlarni konfidentsial axborot bilan ishlash qoidalari va muolajalariga o`qitish.
Xodimlarni o`qitishda nafaqat ishlab chiqarish ko`nikmalariga ega bo`lish va ularni
yuqori darajada saqlash, balki ularni sanoat (ishlab chiqarish) maxfiyligi axborot
xavfsizligi, intellektual mulk va tijorat sirlari himoyasi talablarini bajarish zarurligiga
qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash ko`zda tutiladi. Muntazam o`qitish rahbariyat va
xodimlarning korxona tijorat manfaatlarini himoya qilish masalalari bo`yicha
bilimdonlik darajasini oshishiga imkon yaratadi;
-
ishdan bo`shaganlar bilan suhbat. Suhbat davomida ishdan bo`shayotgan
xodimning firma sirlarini fosh qilmaslikka qat’iy va`da berishi lozimligi ta`kidlanadi
153
va bu va`da, odatda, tilxat orqali rasmiylashtiriladi.
Tadbirlarning muhim yo`nalishlaridan biri ish yuritish va hujjat yuritish tizimini puxta
tashkil etish hisoblanadi. Bu esa, o`z navbatida, ish yuritish tartibini, hujjatlarni
qaydlash, ishlash, saqlash, yo`qotish va mavjudligini hamda to`g’ri bajarilishini
nazorat qilishni ta`minlaydi. Tizimni amalga oshirishda hujjatlar xavfsizligiga va
axborot konfidentsialligiga alohida e`tibor berish lozim.
Axborotni hujjatlashtirish qat’iy belgilangan qoidalar yordamida amalga oshiriladi. Bu
qoidalarning asosiylari DavST 6.38-90 «Tashkiliy-boshqaruvchi hujjatlar tizimi.
Hujjatlarni rasmiylashtirishga talablar», DavST 6.10.4-84 «Unifikatsiyalangan
hujjatlar tizimi. Hisoblash texnika vositalari orqali yaratiluvchi mashina
eltuvchilaridagi va mashinogrammalardagi hujjatlarga huquqiy kuch berish» kabilar
bayon etilgan. Bu DavST larda axborotga hujjat huquqini beruvchi 31 ta rekvizitlar
ko`zda tutilgan, ammo bu rekvizitlarning barchasining hujjatda mavjudligi shart emas.
Asosiy rekvizit-matn. SHu sababli, har qanday ravon bayon etilgan matn hujjat
hisoblanadi va unga huquqiy kuch berish uchun sana va imzo kabi muhim
rekvizitlarning mavjudligi kifoya.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaridan olingan hujjatlar uchun alohida tartib
qo`llaniladi. Bunda, ma`lum hollarda, masofadan olingan axborot elektron imzo bilan
tasdiqlanadi. Axborotni himoyalash uchun barcha tashkiliy tadbirlarni ta`minlovchi
maxsus ma`muriy xizmatni yaratish talab qilinadi. Uning shtat tuzilmasi, soni va
tarkibi firmaning real ehtiyojlari, axborotining konfidentsiallik darajasi va
xavfsizligining umumiy holati orqali aniqlanadi.
•
Ma`muriy tadbirlarga quyidagilar kiradi:
-
operatsion tizimning to`g’ri konfiguratsiyasini madadlash;
' - ish jurnallarining nazorati;
- parollar almashishining nazorati;
- himoya tizimida «rahna»larni aniqlash;
- axborotni himoyalovchi vositalarni testlash.
Tarmoq operatsion tizimining to`g’ri konfiguratsiyasini madadlash masalasini, odatda,
tizim ma`muri hal etadi. Ma`mur operatsion tizim (odamlar emas) rioya qilishi lozim
bo`lgan ma`lum qoidalarni yaratadi. Tizimni ma`murlash - konfiguratsiya fayllarini
to`g’ri tuzishdir. Bu fayllarda (ular bir nechta bo`lishi mumkin, masalan, tizimning har
bir qismiga bittadan fayl) tizim ishlashi qoidalarining tavsifi bo`ladi.
Xavfsizlik ma`muri komp’yuter tarmog’i holatini operativ tarzda (tarmoq
komp’yuterlari himoyalanishi holatini kuzatish orqali) va operativ bo`lmagan tarzda
(axborot himoyasi tizimidagi voqealarni qaydlovchi jurnallarni tahlillash orqali)
nazoratlash lozim. Ishchi stantsiyalar sonining oshishi va turli-tuman komponentlari
bo`lgan dasturiy vositalarning ishlatilishi axborot himoyasi tizimidagi hodisalarni
qaydlash jurnallar hajmini jiddiy oshishiga olib keladi. Jurnallardagi ma`lumotlar
154
hajmi shunchalik oshib ketishi mumkinki, ma`mur ular tarkibini joiz vaqt mobaynida
taxlillay olmaydi.
Tizim zaifligining sababi shundaki, birinchidan, foydalanuvchini autentifikatsiyalash
tizimi foydalanuvchi ismiga va uning paroliga (ko`z turidan foydalanish kabi ekzotik
holllar bundan mustasno), ikkinchidan, foydalanuvchi tizimida tizimni ma`murlash
huquqi berilgan supervizorning (supervisor) mavjudligiga asoslanadi. Supervizor
parolini saqlash rejimining buzilishi butun tizimdan ruxsatsiz foydalanish imkonini
yaratadi.
Undan tashqari, bunday qoidalarga asoslangan tizim-statik, kotib qolgan tizim. U faqat
qat`iy ma`lum hujumlarga qarshi tura olishi mumkin. Oldindan ko`zda tutilmagan
qandaydir yangi tahdidning paydo bo`lishida tarmoq hujumi nafaqat muvaffaqiyatli,
balki tizim uchun ko`rinmaydigan bo`lishi mumkin. SHuning uchun, muassasada
ishlatiluvchi axborotning qaysisi himoyaga muhtoj ekanligini aniq tasavvur qilish
muhim hisoblanadi. Mavjud axborotni tahlillashdan boshlash lozim. Bu muolajalar
axborot himoyasini ta`minlash bo`yicha tadbirlarni differentsiallash imkonini beradi va
natijada, sarf-xarajatlarning qisqarishiga sabab bo`ladi.
Axborot himoyasi tizimini ekspluatatsiya qilish bosqichida xavfsizlik ma`murining
faoliyati foydalanuvchilar vakolatlarini o`z vaqtida o`zgartirishdan hamda tarmoq
komp’yuterlaridagi himoya mexanizmlarini sozlashdan iborat bo`ladi. Foydalanuvchi-
lar vakolatlarini va komp’yuter tarmoqlarida axborotni himoyalash tizimini sozlashni
boshqarish muammosi, masalan, tarmoqdan markazlashtirilgan foydalanish tizimidan
foydalanish asosida hal etilishi mumkin. Bunday tizimni amalga oshirishda tarmoq
asosiy ssrverida ishlovchi maxsus foydalanishni boshqaruvchi serverdan foydalaniladi.
Bu server markaziy himoya ma`lumotlari bazasini lokal himoya ma`lumotlari bazasi
bilan avtomatik tarzda sinxronlaydi. Foydalanishni boshqarishning bu tizimida
foydalanuvchi vakolati vaqti-vaqti bilan o`zgartiriladi va markaziy himoya
ma`lumotlari bazasiga kiritiladi, ularning muayyan komp’yuterlarda o`zgarishi
navbatdagi sinxronlash seansida vaqtida amalga oshiriladi.
Undan tashqari, foydalanuvchi parolini ishchi stantsiyalarining birida o`zgartirsa,
uning yangi paroli markaziy himoya ma`lumotlari bazasida avtomatik tarzda akslanadi
hamda bu foydalanuvchi ishlashiga ruxsat berilgan ishchi stantsiyalarga uzatiladi.
|