Uchinchi bosqich-oqibatlarni tahlil qilish.
Xavfsizlik tizimi, bu-xavfsizlikning
murakkab masalalarini hal qilish yo`llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan
metodologik choralar yig’indisidir. O`zaro ta`siri bilan aniq bir maqsadga
etishtiradigan aloqador qismlar yig’indisi tizim deb ataladi.
Tizim deganda birgina moddiy ob`ektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham
tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga misol bo`lishi mumkin.
Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb ataladi. Masalan,
«Odam-mashina», «odam-mashina-atrof-muhit».
13
1.2.-rasm. «Xavflar daraxti»ning sxemasi.
Tizimlash tamoyili hodisalarni o`zaro bog’liq ravishda bir to`plam tariqasida
o`rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi element deb aytiladi.
Masalan, yong’in-yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu erda
yong’in-tizim, yonuvchi modda-oksidlovchi, yondiruvchi-uning elementlari. Agar
birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, tizim buziladi. Tizimda bor sifat uning
elementlarida bo`lmaydi. Bu tizimning muhim xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari
tahlili asosida joylashgan. ko`ngilsiz voqealarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash,
ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik tizimi tahlilining asosiy
maqsadidir.
Har qanday sabablar natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. Sababsiz haqiqiy
xavf ham, zarar ham yo`q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini
bilishga asoslangan.
Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. O`z navbatida
bir sabab ikkinchi sababiy oqibatni keltirib chiqaradi va h.k. SHunday qilib, sabablar
va xavflar zanjirsimon tizimni yaratadi. Bunday grafikning tasviri shoxli daraxtga
o`xshaydi. Quriladigan daraxtlarda sabab va xavf shoxlari bor. Ularni o`zaro ajratib
tashlash mumkin emas. SHuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan tasvirni
sabablar va xavflar daraxti deb atash lozim.
Кран-балка илгагидан юкнинг тушиб кетиши
Сақлагич
қулфнинг
йўклиги
Чиқиш ёки
кириш
Фиксатор
кучининг
йўқолиши
Троснинг узилиши
Чиқиш ва кириш
Техник
назоратнинг
йўқлиги
Троснинг
занглаши,
коррозияси
|