~ 114 ~
surish maxovik yordamida bajariladi.Maxovikning validagi tishli g’ildirak reykali
shestern 5 ning valchasiga o’rnatilgan tishli g’ildirakka ilashadi Bu g’ildirak esa
staninaga mahkamlangan tishli reyk 7 ga doimiy ilashgan bo’ladi.Mexanik surish
yurish valchasi 2 dan sirpanuvchan shpolkaga o’rnatilgan chervyak 9 orqali
amalga oshadi. Chervyak g’ildirak 6 ni aylantiradi va harakat kulachok muftasi
orqali hamda tishli g’ildiraklar 4 va 8 orqali reyk shesternyasiga uzatiladi.
Mexanik surilishni boshlash uchun dasta 13 ni o’ziga
tomon burish keraKema
Yurish vaqti 11 dan mexanik surish dastasi 12 dan pastga burish bilan bajariladi.
Shunda ajraladigan gayka 10 ning ikkala yarmi yurish vintiga birikadi.
Rezba ochishda tishli g’ildirakni knopka 3 yordamida reykaga
ishlashishdan chiqarish lozim.Xavfsiz ishlash uchun dastgohning barcha
harakatlanadigan qismlari giloflangan. Keskich tutgich ustidagi ko’tarma
ekran 8 va tokarlik patronining g’ilofi 6 elektroblok bilan jihozlangan.
Shuning
uchun g’ilof va ekran yopiq holatda turganidagina dastgohni ishga tushirish
mumkin. Tezliklar qutichasi silindrsimon tishli uzatmalardan iborat bo’lib, ular
ham tasmali uzatmalar singari uzatish soni bilan xarakterlanadi.Shpindelning
aylanish chastotasini o’zgartirish uchun tezliklar qutichasida tishli g’ildiraklar
bloki mavjud bo’lib, ularni valning bo’ylamasiga ariqchalar yoki shponkalar
orqali surish mumkin.Tezliklar qutichasining ishlashini
kinematik sxemada
ko’rsatilgan.(42-rasm). Masalan, TV-6 dastgohining tezliklar qutichasidagi val
IVga tishli g’ildiraklarning ikkita bloki o’rnatilgan.
Blok 11, 12, 13 ning tishlari va III ga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan tishli
g’ildiraklar 3, 4, 5 ga blok 14, 15 esa V valdagi g’ildiraklar 8 va 9 ga ishlashishi
~ 115 ~
mumkin.
Tezliklar qutichasida shpindel
aylanishining
revers
mexanizmi
montaj qilingan.
Bu mexanizmga V
valdagi
bikr
o’rnatilgai
tishli
g’ildiraklar 6 va 7, III valdagi oraliq
tishli galdirak 2 hamda VI valdagi
qo’zg’aluvchan
tishli
g’ildirak 10 kiradi.
Agar shu shldirak
oraliq g’ildirak 2 ga ilashsa, teskari
yo’nalishda aylanadi.
Dastgohning
kinematik sxemasida harakatni uzatuvchi ikkita zanjir bor. Ular: asosiy harakat
zanjiri va surish zanjiridir(43-rasm). Asosiy harakat zanjirida aylanish ponasimon
tasmali uzatma orqali II valga, 1—3 g’ildiraklarning ilashuvi orqali III valga, 3—
II g’ildiraklarning ilashuvi orqali IV valga, 9—15 g’ildiraklarning ilashuvi orqali
shpindel vali VI ga uzatiladi.
So’nggi yillarda sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar keng
qo’llana boshlandi.Dasturli boshqarish yordamida asboblar (ishlov berish
markazlari) o’zidan o’zi almashinadigan dastgohlar yaratildi. Sonli dastur bilan
boshqariladigan dastgohlar o’rnatilgan uchastka va
sexlar elektron hisoblash
mashinalari yordamida ishlaydi. Ana shunday dastgohlar ishining dasturlarida
detallari ishlov berish tartibi, dastgoxdagi ishchi organlarning harakati, ana shu
harakatlarning tezligi va aniqlash nazarda tutilgan, ya’ni
detallarga ishlov
berishning texnologik jarayonlari hisobga olingan. Bunday dastgohlar insonning
aralashuvisiz ishlaydi.