as Ian, sirtlan, bori, tidkii va sh.k.; qush va hashoratlar: qartal “burgut”,
sarca “chumchuq”, qaz “g ‘o z ”, qarlagac “qaldirg‘och”, qarga va sh.k.;
ekoterminlar: topraq “tuproq”, qayir “shag‘al”, yaban “cho‘l, yobon”, oy
“chuqurlik”, qol “vodiy”, harbiy asbob-anjomlar: ya “yoy, kamon”, kiris
“yoy ipi”, sщ й “nayza”, qalqan, coqmar va sh.k.; tibbiy terminlar: y ig /
ig “kasallik, illat”, agri “og‘riq”, sokal “bemor, kasal”, isitma “harorat,
isitma”, oturmak “yo‘tal” va sh.k.; musiqiy terminlar: duduk “musiqa as-
b o b i”, tomru “do‘mbira”, yaql'iq “rubob”, sibizgu “sivizg‘a” va sh.k.
XIX asm ing 70-yillaridan e ’tiboran o ‘zbek terminologiyasi rus tili
orqali G ‘arbiy Yevropa tillaridan o ‘zlashgan term inlar asosida rivojlan-
ish bosqichiga qadam q o ‘ydi. Bu davrda rus tilining o ‘zbek tili leksikasi,
xususan, terminologiyasi rivojiga ta ’siri masalasi hozirgacha har tomon-
lama chuqur ilmiy tadqiqot obyektiga aylanmagan. Vaholanki, manbalar-
da qayd qilingan faktik m ateriallar o ‘zbek terminologiyasining zikr etil
gan paytdagi taraqqiyotini bevosita ifodalagani bois muammoni ijobiy
hal etishda o ‘ta q o ‘1 kelishi aniq. O.Usmonov, Sh.Hamidovlar tomonidan
1981-yilda “Fan” nashriyotida e ’lon qilingan “0 ‘zbek tili leksikasi tarix-
idan m ateriallar (XIX asm ing oxiri - XX asming boshlari)” nomli asarda
atishma, atishuv “otishma”, axtarish “tintuv”, ariq “kanal”, ashula oyuni
“konsert”, basma “bosma, nashr etilgan”, bash vazir “bosh vazir” kabi
asl o ‘zbekcha istilohlar qatori, barja “yuk kema”, prizident “prezident”,
pratakol “bayonnoma”, sayuz “ittifoq”, iliktir “elektr”, ikiskursiya “sayo-
hat”, fonograf, samavar, sod//sud “sud” singari o ‘zlashm alar ham aksini
topgan. Ashyoviy m isollar o ‘zlashm alaming o ‘zlashtim vchi o ‘zbek tili
tovush tizimiga moslashtirilganidan dalolat beradi.
Ш 9 Ч Л1
1
Sobiq sho‘rolar hukmronligi vaqtida o ‘zbek tili terminologiyasi yan-
gi tushunchalar va ulami ifodalovchi haddan tashqari ko‘p miqdordagi
o‘zlashma terminlar hisobiga kengaydi. Soha terminologiyasi tizimining
vujudga kelishida sof o ‘zbekcha leksik birliklar bilan birga ruscha-bay-
nalmilal terminlaming roli yuqori bo‘ldi. Bu jihat ayniqsa, tabiiy fanlar-
ga xos terminologik sistemada yaqqol ifodasini topdi. Mustaqillik davri
o ‘zbek terminologiyasi globallashuv va intemetga qadam qo'yilgan XXI
asrda har tomonlama takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda.
Hozirgi o'zbek terminologiyasining shiddat bilan taraqqiy etishi til lug‘at
tarkibining boyishi va takomillashuviga olib keldi.
Terminga xos belgilardan biri uning izohi va ta’rifiga oydinlik kirit-
ish, terminning m a’noviy qurshovida mavjud qo‘shimcha semalami yu-
zaga chiqarish ilm-fan tilining rivojlanishida, o ‘zga soha oid terminologik
tizimlar tarkibida yaqqol seziladi. Bugungi o ‘zbek terminologiyasining
boyishida yuqorida zikr etilgan jihatlar hamon ustunlik qilmoqda. 0 ‘z
qatlamning salmoqli o ‘mi qatori, o'zlashm alaming ham sezilarli mavqei
saqlanib qolmoqda. 0 ‘zlashmalaming til terminologiyasi boyishidagi
o'm ini birgina internet terminlari misolida ko‘rish mumkin. Olib borilgan
izlanishlar o ‘zbek tili internet terminologiyasining 54% ini o ‘zlashmalar,
chunonchi, rus tilidan o ‘zlashgan internet terminlari 31%, ingliz tilidan
aynan o ‘zlashgan baynalmilal internet terminlari 23%ni tashkil etishini
ko‘rsatgan (Saidqodirova, 2018).
Xullas, o ‘zbek terminologiyasi bir necha asrlik shakllanish va tarqqiy
etish bosqichlarini bosib o ‘tdi. Bu bosqichlarda o‘zbek terminologiyasi
nafaqat o ‘z ichki resurslari, shuningdek, qarindosh boMmagan tillar boy-
liklaridan o ‘m i bilan foydalangan holda rivojlanish yoMida davom etdi.
Terminlaming shakllanish hamda yasalish yo‘llari xususida so‘z
ketganda quyidagi jihatlami inobatga olish taqozo etiladi: o‘z milliy tiln-
ing tayyor leksik boyliklaridan unumli foydalanish; boshqa tillaming so‘z
boyliklaridan o ‘mi bilan istifoda etish (o‘zlashtirish); tayyor standart ter-
minelementlar (o‘zbekcha va baynalmilal)ni qo‘llash; morfologik (affik-
satsiya, abbreviatsiya), sintaktik (kompozitsiya) va semantik so‘z yasalishi
vositalariga murojaat qilish.
18
|