So‘z yasalishi o ‘zbek tilshunosligida chuqur va atroflicha tadqiq etil
gan masalalardan hisoblanadi. Mazkur muammoga oid bir qancha disser-
tatsiyalar himoya qilingan, talaygina monografiya
hamda maqolalar chop
etilgan. Termin yasalishi ham o‘zbek tilshunoslari diqqat markazidan o ‘rin
olgan sohalardan sanaladi.
Termin yasalishida morfologik, sintaktik hamda semantik usullar o ‘ta
mahsuldor va faol bo‘lib, bulaming ko‘magida terminologik tarkib mutta-
sil boyib, taraqqiy etmoqda.
0 ‘zbek tili terminlarining aksariyatini motivlangan, ya’ni so‘z-termin-
lar (qo‘shimchalar bilan yasalgan), termin-qo‘shma so‘zlar, termin-birik-
malar hamda semantik (asosan metaforik) ko‘chim asosida hosil qilingan
terminlar tashkil qiladi.
Shu bilan bir qatorda, terminlaming salmoqli
qismi motivlanmagan, ya’ni o ‘zbek tilining o ‘z sodda so‘zlari, o ‘zlash-
malar, termin-kalkalar va antrponimlardan metonimik ko‘chim vositasida
voqelangan.
So‘z turkumlari nuqtayi nazaridan o ‘zbek tili terminologiyasi asosan ot,
sifat, ravish va fe’l so‘z turkumlariga oid so‘zlardan iborat.
Shak-shubha-
siz, ot-terminlar o ‘zbek terminlogiyasining poydevorini tashkil etadi. Ayni
paytda, sifat turkumiga daxldor so‘zlaming terminologik leksika tarkibi
taraqqiyotidagi o ‘mi salmoqli ekanligini ham yoddan chiqarmaslik lozim.
Fe’l-terminlar ham o ‘zbek terminologiyasining sezilarli ulushi sanaladi.
0 ‘zbek tilida morfologik usul bilan termin yasalishi umumadabiy til
leksik birliklarini hosil qiluvchi ayni so‘z yasovchi qo‘shimchalar hamda
so‘z yasovchi qolip (model)lar yordamida amalga oshiriladi.
Affiksal termin yasalishi umumadabiy so‘zlaming hosil qilinishi sing
ari juda qadimdan yetakchi va sermahsul usul hisoblanadi.
0 ‘z
vaqtida
Mahmud K oshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Ibn Muhanna lug‘atlarida.
XIII-XIV asrlarda turkiy til grammatikasiga doir arab tilida yaratilgan
risolalarda, Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida o ‘zbek
(turkiy) tili so‘z yasalishi vositalari va yo‘llari haqida qimmatli m a’lumo-
tlar keltirilgan edi.
Hozirgi paytda o ‘zbek tili so‘z yasalishi masalasiga tegishli
ilmiy ad-
abiyotlarda so‘z yasovchi affikslarining to ‘la tarkibi m a’lum darajada tar-
tibga solingan.
62