191
Matn
boshqa multimedia turlaridan eng ommaviysi hisoblanadi. U
Internet tarmog‘ida turli shakllar, shu jumladan turli uzatish protokollarini
FTP (File Transfer Protocol: ikkilik va ASCII - fayllarni uzatish uchun),
HTTP (Hyper Text Transfer Protocol: HTML - sahifalarni uzatish uchun)
yoki SMTP (Simple Mail Transfer Protocol: pochta xabarlarini almashlash
uchun) qo‘llaydigan fayllar yoki xabarlar orqali ifodalanadi. Matn ikkilik
ko‘rinishda 7 - bitli US-ASCII, 8 - bitli ISO-8859, 16 - bitli Unicode yoki
32 - bitli ISO 10646 kodlash jadvallarida, qo‘llaniladigan til va davlatga
bog‘liq ravishda ifodalanadi. Matnli ma’lumotlar uchun o‘tkazish
qobiliyatiga talablar asosan uning o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni
axborotlarni siqishni turli sxemalari qo‘llanilganda jiddiy kamayishi
mumkin (1.1-jadvalda).
Matnni uzatishda ruxsat etiladigan xatoliklar darajasiga talablar
asosan qo‘llaniladigan ilovalarga bog‘liq bo‘ladi. Matnli fayllarni
uzatadigan ilovalar xatoliklar to‘liq bo‘lmasligini talab qiladi va TCP
protokolini qo‘llaydi. Boshqa ilovalar xatolikli ma’lumotlarni qandaydir
foiziga ruxsat etishi mumkin va UDP protokolini qo‘llaydi.
1.1-jadval
Matnni siqish usullari
Siqish usuli
Izohlar
Shennon-
Fano kodlashi