85
chatotalarni taqsimlashda qo‘llaniladi. Uning samarali va yaxshi
ishlatilgan sxemasi tufayli tanlangan kodlashtirish formati sifatida
shifrlangan NRZ kodi ishlatiladi. PMD – tavsiyasi shuningdek to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xatolarni tuzatish mexanizmi (Forward Error Correction, FEC) ni
o‘z ichiga oladi. GPON PMD ga yana bir kiritilgan yangilik – bu ONT ni
optik uzatkichini boshqara olishdir. U PON ning V yoki S sinfini tanlash
holatida OLT markaziy tugunida ko‘chkili fotodiodlaridan foydalanish
zaruratiga olib keladi ( PON ning V yoki S sinfi uchun quvvat byudjetini
mos ravishda 25 va 30 dB tashkil etadi).
Multiservisli
xizmatlar
–
elektron
tijorat,
telemeditsina,
videokonferensaloqa, masofaviy ta’lim, yuqori tezlikli internet, raqamli
televideniya, video va boshqa turli tuman xizmatlarni amalga oshirish
imkonini beruvchi abonent kirish tarmoqlarida optik kabelli texnologiyalar
FTTx va PON texnologiyalarining qo‘llanilishi yuqori o‘tkazish polosasini
ta’minlaydi. Bu texnologiyalarining har biri o‘ziga xos xususiyatga ega va
ular alohida hamda birgalikda qo‘llanilishi mumkin.