292
paketlarni ishonchli uzatishni kafolatlamaydi. Biroq ko‘pgina tarmoqlar
orqali ma’lumotlar uzatishda o‘tkazish qobiliyatini oshiradi.
Shuningdek tarmoq sathida quyidagi protokollar qo‘llaniladi:
-
ICMP (Internet Control Message Protocol) boshqarish protokoli,
xatoliklar va uzatishdagi uzilishlar haqida tarmoq uzellariga axborot
uzatadi;
-
adreslar muammolarini yechish protokollari: ARP (Address
Resolution Protocol) tarmoq uzelining fizik adresiga (MAC –stansiya
adresi) IP adresni o‘zgartiradi; RARP (Reverse Address Resolution
Protocol) teskari funksiyani bajaradi, ya’ni MAC adres yordamida IP
adresni aniqlaydi.