Technology and Its Impact on Consumer Behavior




Download 2,08 Mb.
bet1/2
Sana09.01.2024
Hajmi2,08 Mb.
#132806
  1   2
Bog'liq
No‘monjonova Sevinchxon


Presentation
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA – MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA – INFORMATIKA YO’NALISHI
06/22 – GURUH TALABASI
NO‘MONJONOVA SEVINCHXONNING
TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk (vinchester) joylashgan. Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Nima uchun yuqoridagi maqsadlar uchun tezkor xotira yoki doimiy xotira qurilmalaridan foydalanish mumkin emas? degan savol tug’ilishi mumkin.
Ma’lumki, tezkor xotira tok manbaiga to’liq bog’liq, doimiy xotiraning tarkibi esa zavodda shakllanadi. Shuning uchun qattiq disk - vinchester va disketlar bilan diskyurituvchi kabi qurilmalar yaratilgan. qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi yana kompyuterning tashqi xotira qurilmalari deb yuritiladi.
Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt saqlash uchun mo’ljallangan va eng muhim, axborotlarni bu qurilmalarga yozish, o’qish, ularni o’zgartirish, kerak bo’lsa, ularni yo’q qilish ham mumkin. quyida bu qurilmalarni birma-bir ko’rib chiqamiz. Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar solishtiradigan bo’lsak, disketlarsiz diskyurituvchi go’yo kassetasiz magnitofondir: Diskyurituvchi - disketdagi axborotni yozish va o’qish uchun mo’ljallangan qurilma. Disketa - axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik magnit disk joylashgan. Tashqi xotira uchun kichik doirasimon (20, 12 va 8 sm diametrli) egiluvchi magnit disketlardan foydalanish juda kulay. Tashqi xotira, odatda magnit disklardan iborat bo’lib, ular ikki turlidir. Birinchi turi - egiluvchan disklar yoki disketalar.
Disket yordamida axborotni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin. Ikkinchi turi qattiq disklar. Bunday disklarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin emas, lekin ular kompyuterda juda katta hajmda axborotni saqlash imkonini beradi. Birgina qattiq diskka bir necha yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin. Birinchi tur diskdagi axborot hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt bilan o’lchanadi. Hozirgi paytda optik disklar paydo bo’lmoqda. Bunday disklarga lazer nuri yordamida gigabaytlarda (Gbayt) o’lchanadigan katta hajmdagi axborot yozilishi mumkin. Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min. O’rtacha axborot qidirish vaqti 12 ms. Eng tezkor vinchesterlar Western Digital Kompyuterda axborot bit, bayt, kilobayt (Kbayt), megabayt(Mbayt) va boshqa kattaroq birliklarda o’lchanadi. Eng kichik axborot birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir bit hyech qanday axborotni bildirmaydi. Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki raqam bo’shliqni anglatadi. Baytdan keyingi o’lchov birligi - kilobayt bo’lib, u 1024 baytga teng.
Agar belgilar bilan hisoblasak, bu 1024 belgidir. Axborot o’lchov birliklarining o’zaro bog’lanishlari quyidagicha: 1 Mbayt q1024 Kbayt 1 G (giga)baytq1024 Mbayt va hokazo. Uncha qalin bo’lmagan 300 betli o’quv kitobi rasmsiz, taxminan 2 Mbayt axborotni o’zida jamlaydi. Disket va qattiq disklar uchun axborot sig’imi tushunchasi juda ahamiyatli. Bu axborot saqlash vositasiga qancha Kbayt yoki Mbayt yozish mumkinligini ko’rsatadi.
Quyida har bir tur disketning axborot sig’imi berilgan. Disketa turi Axborot sig’imi 5.25 dyumli 360 Kbaytdan 1,2Мbaytgacha 3.5 dyumli 720 Kbaytdan 2,8 Мbaytgacha, lekin hozirgi kunda ommalashgan disketa 1,44 Mbayt sig’imlidir. Uzoq vaqt axborot saqlash uchun mo’ljallangan boshqa qurilma-qattiq disk yoki ”vinchester”dir. Qattiq disk yoki “vinchester”-axborotni o’qish, yozish va saqlash qurilmasidir. Qattiq diskda bir emas, balki bir o’qda joylashtirilgan va zich yopilgan yopiq metal korpusiga joylashtirilgan bir qancha metal disklar bor.
Diskning har bir tomoni ishchi hisoblanadi. Unga axborotni yozish va uni o’qish mumkin. “Vinchester”ning axborot sig’imi 500 Mbayt dan to 4Gbaytgacha. Buning ustiga “vinchester” markaziy protsessorga axborotni disk yurituvchiga karaganda tezroq uzatadi. U holda nima uchun disketlardan foydalaniladi? Disketaning asosiy afzalligi shundaki, undagi axborotni bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish osonroq. Qattiq diskni bir kompyuterdan ikkinchisiga ko’chirish yangi foydalanuvchilarga maslahat berilmaydi. Tizimli blokni ochish, qattiq diskni ajratish, so’ngra boshqa kompyuterning tizimli blokini ochib, qattiq diskni ushlash kerak.
Operativ xotira. Ushbu modulsiz tizim mumkin emas. Zamonaviy echimlar DDR3 Standartlaridan foydalaning. Tanlanganda, siz "Ko'proq hajm, yaxshiroq" tamoyilidan foydalanishingiz mumkin. Saqlash qurilmasi. Ko’pincha u qattiq disk sifatida harakat qiladi, ammo hozirda ulardan SSD echimlari foydasiga rad javobi mavjud. Video karta. Rasmni ekrandagi rasmni aks ettirish uchun ishlatiladi. U alohida qurilma tomonidan taqdim etilishi va protsessor yoki chipsetga o’rnatilishi mumkin. Quvvat bloki.
Vinchestor - qattiq disk NDD ( Xard Disk Driree) . Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan programmalar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun qo’llaniladi. Ular OS programmalari, taxrirlagichlar, programma sistemalari, amaliy programmalar va x.k. Vinchester OX hisoblamaganda boshqa qurilmalar ichida eng tez yuqori qo’zg’alish ( 7- 20 millisekund, ms) va o’qish-yozishni 5 Mbaytgacha tezligini ta’minlaydi. Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Diskning ishlsh tezligi 2 ko‘rsatkich bilan aniqlanadi: 1. Diskning sekundiga aylanish soni. 2. Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi. Kompyuter foydalanuvchi vinchesterni asosan 3 parametriga qarab aniqlab oladi. Bular – sig’im, tezlik, interfeys. ( XDD SEA CATE – 40-80-120-160, G8, VAHTOR – 40, 80, 120, 250, 200G8.). Sig’im – diskda joylashishi mumkin bo’lgan ma’lumot miqdorini belgilaydi.
Eng birinchi IBM RS kompyuterlarida qattiq disk sig’imi 5 MBayt bo’lgan bo’lsa, xozir 800 Mbaytdan to 1,6 Gbaytgacha, hattoki 2-4 Gbaytga etdi. 500 Mbaytli qattiq disklar eskirgan hisoblanib, ishlab chiqarishdan olingan. Hozirgi vaqtda qattiq diskning miqdorini 9 Gbaytga etkazilgani ma’lum. (18-27 Gbayt). Vinchestor tezligi qo’zg’alish va ma’lumotlarni o’qishyozish bilan xarakterlanadi. Ko’p kompyuterlarda diskdagi qo’zg’alish 1-12 ms, yangi disklarda 7 -8 ms ga teng. Kompyuter arzon variantlarida tezlik 1,5-3 Mbayt , qimmatroqlarida 4-5 Mbaytni tashkil qiladi. Vinchester asosan EIDE turidagi interfeys bilan kontrollerga ulangan bo’ladi. Hamma kompyuterlarning ona platasida EIDE kontrollari mavjud.
Qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) kompyuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni (operatsion sistema, dasturlash translyutorlari, tillar, matn va grafik muharrirlar, dasturlar, fayllar,…) doimiy saqlashga mo‘ljallangan. Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi.
Diskning ishlsh tezligi 2 ko‘rsatkich bilan aniqlanadi:
1. Diskning sekundiga aylanish soni.
2. Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi. Xotira ma’lumot va programmalarni saqlash uchun xizmat qiladi va ular bir necha turga bo’linadi: operativ xotira. KESH xotira, BIOS (doimiy xotira) , CMOS (yarim doimiy xotira) va videoxotira . Tezkor operativ xotira kompyuterning muhim qismi bo’lib, prosessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Kompyuter o’chirilsa, tezkor xotipada saqlanayotgan programmalar berilganlar yo’q bo’lib ketadi. RAM ( random acctss memory, - ya’ni ixtiyoriy kirish mumkin bo’lgan). Xotiraning katta-kichikligiga qarab, u yoki bu programmalar majmuini ishlata olish mumkin. 1 Mbayt - DOS 4 Mbayt - W – 3.1 16 Mbayt - W – 95 32 Mbayt - W NT,lokal tarmoq, Photoshop,Pentium 2,3. 12 Kesh xotira – kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprosessor orasiga joylashgan bo’lib, bajariladigan amallar tezdir. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko’proq ishlatiladigan qismi nushasini KESH xotipada saqlab turadi. Pentium 2,3 kompyuterlarda KESH xotira 512 Kb ni tashkil qiladi.
Doimiy xotira - BIOS – Basic Inrut Outrut System – kiritish-chiqarishning asosiy sistemasi. Ulardagi ma’lumotlar mikrosxema tayyorlanayotganda kiritib qo’yiladi. Bunday xotipadan faqat o’qish mumkin . Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory - faqat o’qish uchun ) deb ataladi. Bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, OS ni boshlang’ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun xizmat qiladi. BIOS da, shuningdek kompyuter konfigurasiyasini saqlovchi Setup programmasi ham joylashgan bo’ladi. Bu programma masalan, videokontroller, qattiq disk va disket diskovodi, undan tashqari parollar o’rnatish va boshqa xizmatlar qiladi. DEL tugmasi orqali chaqiriladi. CMOS (yarim doimiy xotira) - (complementary metal – oxida semi conictor) konfigurasiya parametrlarini saqlovchi yarim doimiy xotira. Maxsus akkumulyatorlar yordamida kichik quvvatda ishlaydi.
Shuning uchun undagi ma’lumot o’chib ketmaydi. SETUP programmasi har gal kompyuter konfigurasiyasini so’zlaganda, lozim bo’lsa, CMOS xarakteristikalariga o’zgartirish kiritadi. Videoxotira - u monitor ekraniga chiqariladigan tasvirni saqlashga xizmat qiladi. Videokontroller tarkibiga kiradi. Qattiq diskka xizmat ko`rsatish amallari deganda nima tushuniladi?
Ma’lumki, kompyuter elektr tarmog`iga ulanganda vinchester diskchalari harakatga tushadi va uning aylanish tezligi minutiga 6500-10000 martagacha yetadi. Bu juda katta tezlik. Xuddi shuningdek, kompyuterning boshqa qurilmalari ham ish jarayonida katta kuchlanishga ega bo`ladi va elektr toki o`tishi natijasida o`zidan issiqlik chiqaradi. Qattiq diskka ko`rsatiladigan xizmatlar undagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat.
Ularni qanday amalga oshirishni ko`rib chiqamiz. Diskdagi fayllar bilan ishlaganda operatsion tizim, o`zak katalog, fayllar joylashish jadvali (FAT-Fail allocation Table), diskning yukanish dasturi yozilgan qismidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Agar diskning tizimli qismi buzilsa, diskdagi ma’lumotlardan to`la yoki qisman ham foydalanib bo`lmaydi. Diskning tizimli bo`limini (Disk Edit turidagi dasturlar yordamida) qayta tiklash mumkin. Lekin bunday ish foydalanuvchidan yuqori malaka va ko`p vaqt talab qiladi.
Agar tizimli bo`lim fayllarni doimiy ravishda Image dasturi yordamida nusxalanib qo`yilsa diskning tizimli sohasi buzilganda uni qayta tiklash ancha yengil bajariladi. Image.exe dasturi diskning tizimli sohasi haqidagi ma’lumotlarni Image.dat fayliga yozib qo`yadi. Ushbu faylni yuklash jarayonida fayllar joylashish jadvali va o`zak katalog haqida ma’lumotlar tasvirlanadi.
Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo’lgan ko’rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir ma’lumotning bir ko’rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo’lgan boshqa ko’rinishga o’tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim etiladi. Kompyuter faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi mumkin. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun, ma’lum chastotadagi tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab, har bir o’lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin.
Product 2
Analog usulda kompyuter matnli axborotni qayta ishlashi mumkin. Kompyuterga kirishda har bir harf ma’lum son bilan kodlanadi, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok etishi uchun bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu qurilmalarda qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun odatda ikkilik hisoblash tizimida ishlaydi

Download 2,08 Mb.
  1   2




Download 2,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Technology and Its Impact on Consumer Behavior

Download 2,08 Mb.