66
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
4. MULTIMEDIA VA INFOGRAFIKA ASOSIDA INTERAKTIV
DIDAKTIK MAERIALLAR YaRATISh VA BULUT
XIZMATLARIDA SAQLASh
4.1. Infografika va axborot dizayni tushunchasi. Infografika yaratish
texnologiyasi.
Ta‘lim jarayonida qo‗llaniladigan multimedia didaktik
vositalarni shartli
ravishda axborot (taqdimot) va interaktiv turga bo‗lish mumkin. Axborot yoki
taqdimot, didaktik o‗quv vositalari o‗quv materialini yanada samarali va vizual
ravishda namoyish etish uchun mo‗ljallangan. Odatda bu kabi o‗quv vositalari
multimedia taqdimoti bo‗lib, u ma‘ruza mashg‗ulotini tashkil etish va o‗tkazishda
qo‗llaniladi.
Taqdimotning har bir slaydi – ma‘ruza uchun didaktik materiallar o‗quv
materialining mazmunini tanlashning umumiy didaktik
tamoyillariga muvofiq
tayyorlanadi. Bundan tashqari, ma‘lumotni ekran orqali va bosma asosda idrok
etishning psixologik xususiyatlari, ergonomik talablarni hisobga olish lozim.
Boshqa
tomondan, raqamli texnologiyalarining dasturiy vositalari taqdim
etayotgan imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Infografika ta‘limning ajralmas qismiga aylangan davrni aniqlash qiyin,
ammo uning kelib chiqish yo‗lini ishonchli tarzda kuzatib borish mumkin:
diagrammalar, chizmalar va jadvallarni illustrasiyalar uchun ishlatishga birinchi
urinishlar XIX asrning oxirlarida dunyoning turli
mamlakatlarida gazeta va
jurnallarda amalga oshirilgan.
Uning asosiy afzalliklaridan biri bu uning ko‗p qirraliligidadir – deyarli har
qanday ma‘lumot rangli grafik yoki interaktiv jadval ko‗rinishida taqdim etilishi
mumkin. Insonlar ma‘lumotlarni tasvirlarda eslashadi va shuning uchun nafaqat
sodda
va qulay shaklda, balki jozibali shaklda ham taqdim etilgan ma‘lumotlarni
ancha yaxshi yodlashadi. Shuning uchun ham o‗qitishda har xil infografikadan
foydalanish o‗quv kursini o‗zlashtirishni ancha soddalashtiradi.
Faoliyat tamoyiliga ko‗ra, tinlovchilar infografikaga oid ijodiy topshiriqlarni
bajarish jarayonida bilimlarini mustahkamlash va tahlil qilishni, uni tasvirlash
uchun turli dasturiy vositalardan foydalanishni o‗rganadilar.
Bularning barchasi
tinglovchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantiradi.
Ta‘lim infografikasidan foydalanishning eng muhim tamoyili ko‗rgazmalilik
tamoyilidir. Ko‗rgazmalilik tizimli diagrammalar va vizual tasvirlarni ishlashga
asoslangan vizual fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.
Zamonaviy infografikaning asoschilaridan biri Edvard R. Tufte bo‗lib, u
konsepsiyani hamda infografikaning ajoyib to‗plamini yaratdi. Uning asarlaridagi
illustrasiya elementlariga kompyuter yordamida yaratiladigan tasvirlar, xaritalar,
gravyuralar,
fotosuratlar, shuningdek, bu illustrasiyalarda foydalanuvchiga ta‘sir
ko‗rsatishdan oldin ham, keyin ham qiyosiy o‗zgarishlarni ko‗rsatuvchi ob‘ektlar