III. NAZARIY MATERIALLAR
35
cat buyrug`ini quyidagi tartibda yozishimiz kerak bo`ladi: cat buyrug`I
probel bilan ajratilgan holda fayl nomi yoziladi.
rm – Faylni o`chirish
rm(remove) utiliti faylni o`chirishga xizmat qiladi. Ushbu buyruqni
amalga
oshirish quyidagichadir: rm buyruq utiliti probel bilan
ajratilgan holda fayl nomi
keltiriladi hamda enter tugmasi bosiladi.
rm buyrug`ini xavfsiz holda keltirilgan variant:
$ rm –i toolist
rm: remove regular file ‗toollist‘? y
Yuqorida keltirilgan misolda toollist deb nomlangan
faylni xavfsiz holda
o`chirish yo`li keltirilgandir. Bunda rm dan so`ng kelgan –i buyrug`i orqali faylni
o`cherish uchun ha yoki yo`q degan tanlash imkoni beriladi.
less ls more: Matn faylni bitta ekranda chop etish
Uzungligi bitta ekrandan katta bo`lgan faylni ko`rishni xoxlasangiz, less
utilitisini yoki more utilitisini ishlatishingiz mumkin.
hostname: Tizim nomini ekranga chop qilish
hostname utiliti ishlab turgan tizimingizni nomini ekranga chop qilib beradi.
Ushbu utilitani ishonchingiz komil bo`lmagan tizimga kirgan bo`lganingizda
ishlatishingiz mumkin.
$hostname
bravo.example.com