Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/50
Sana07.09.2024
Hajmi1,73 Mb.
#270563
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Bog'liq
majmua 2

Foydalanilgan adabiyotlar. 
1.
Shenalin A.E. Novaya energetika. Moskva – 2001 g.


2.
Berkovskiy M.B., Kuzminov I.I. Vozobnovlyaemo‘e vido‘ energii. Moskva 
– 2000 g. 
3.
Ilin N.N. Sovremennыe problemы energetiki. Leningrad – 2002 g. 
4.
B. Dj. Brinkvort. Solnechnaya energiya dlya cheloveka. Izdatelstvo «Mir». 
Moskva – 2003 g.
5.
Jurnal. «Ekonomicheskoe obozrenie». №3. 2005 g. 
 
 
 
 
 


IV.
 
 AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI 
1- amaliy mashg‘ulot: Yarim o‘tkazgichli kristallarning optik va elektrik 
xususiyatlarining o‘rganish. Yarimo‘tkazgichli quyosh elemenlarida quyosh 
nurlanishini elektr energiyasiga aylantirishning fundamental muammolari 
Ishdan maqsad:
Yarim o‘tkazgichli kristallarning optik va elektrik 
xususiyatlarining o‘rganish 
Quyosh elementlari (QE) asosan yarim o‘tkazgichli (YAO‘) material asosida 
tayyorlanadi. Shuning uchun quyosh elementi optik va foto elektrik xususiyatlarini 
bilish yarim o‘tkazgich mate-riallar tuzilishini ularning metallar va dielektrik 
materiallardan farqini va yarim o‘tkazgich materiallar uchun bevo-sita asosiy 
bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganishni taqozo etadi. Qattiq jismlar hosil bo‘lishini 
yarim o‘tkazgich mate-riallar misolida elektron nazariyasi nuqtai nazaridan ko‘rib 
o‘tamiz. Qattiq jism hosil bo‘lishi jaraѐnida, atomlarning bir
-
biriga nisbatan 
yaqinlashishi shu darajagacha boradiki, natijada tashqi qobiqdagi elektronlarning 
umumlashishi hosil bo‘ladi. Atomdagi alohida elektronlarning yakka ayrim 
orbitalari o‘rniga umumlashgan kollektiv orbitalar hosil bo‘ladi va atomdagi 
qobiqchalar sohalarga birlashadi hamda ular umuman kristallga tegishli bo‘lib 
qoladi. Elektronlar harakatining xarakteri mutloq o‘zgaradi, ma’lum atomda va 
ma’lum energetik sathda joylashgan elektronlar energiyasini o‘zgartirmasdan shu 
energetik sathdagi boshqa qo‘shni atomga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi va 
binobarin, elektronlarni kristallda erkin siljishi kuzatiladi. 
Kristallning izolyasiya holatidagi barcha atomlarning ichki qobiqlari 
elektronlar bilan to‘la bo‘ladi. Faqat eng yuqoridagi ayrim sathlardan iborat valent 
elektronlari joylashgan sohadagina sathlar to‘laligicha egallanmagan bo‘ladi. 
Kristallning elektr o‘tkazuvchanligi, optik va boshqa xususiyatlari asosan valent 
sohasining to‘ldirilish darajasiga va undan yuqoridagi sohagacha bo‘lgan energetik 
masofa bilan aniqlanadi va unga o‘tkazuvchanlik sohasi deyiladi. Issiqlik va optik 
qo‘zg‘atilish hisobiga o‘tkazuvchanlik sohasiga valent sohadan elektronlar o‘tishi 
va elektr tokini o‘tkazishda ishtirok qilishi mumkin. Valent sohasida hosil bo‘lgan 


bo‘sh o‘rinlarga elektronlarning ko‘chishi, unga qarama-qarshi bo‘lgan musbat 
zaryadlarning harakatini hosil qiladi va bu zaryadlarga kovaklar deyiladi.
Dielektriklar deb, valent sohasi to‘ldirilgan va bu sohadan keyingi o‘tkazuvchanlik 
sohagacha bo‘lgan energetik masofa nisbatan katta bo‘lgan moddalarga aytiladi.
Metallar esa boshqacha tuzilishga egadir. Ularda valent sohasi qisman 
to‘ldirilgan bo‘ladi yoki u keyingi soha o‘tkazuvchanlik sohasi bilan kirishgan 
bo‘ladi.
Keng tarqalgan kremniy asosidagi QE lari konstruksiyasi qarama-qarshi 
turdagi r- va n-materialni bir-biriga yaqin tutashtirishdan hosil qilinadi. YAO‘ 
material ichidagi r- va n-turdagi materiallar orasidagi o‘tish sohasi (chegara 
hududi) elektron teshik yoki p-n o‘tish deyiladi. Termodinamik muvozanat holida 
elektron va teshiklar muvozanat holatini belgilovchi Fermi sathi materialda bir xil 
holda bo‘lishi kerak. Bu shart p-n o‘tish hududida ikkilangan zaryadli qatlam hosil 
qiladi va uni hajmiy zaryad qatlami deyilib, unga taaluqli elektrostatik potensial 
paydo bo‘ladi.
p-n tizilma sirtiga tushgan optik nurlanish sirtdan material ichiga qarab p-n o‘tish 
yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda konsentratsiyasi kamayib boruvchi elektron-
teshik juftliklar hosil qiladi. Agar sirt yuzasidan p-n o‘tishgacha bo‘lgan masofa 
nurning kirish chuqurligidan (1/ά dan) kichik bo‘lsa, elektron-teshik juftliklar p-n 
o‘tishdan ichkarida ham hosil bo‘ladi. Agar p-n o‘tish juftlik hosil bo‘lgan joydan 
diffuzion uzunlikchalik masofada yoki undan kamroq masofada bo‘lsa, zaryadlar 
diffuziya jarayoni natijasida p-n o‘tishga etib kelib, elektr maydoni ta’sirida 
ajratilishi mumkin. Elektronlar p-n o‘tishning elektron bor bo‘lgan qismiga (p-
qismiga), teshiklar r-qismiga o‘tadi. Tashqi r- va n-sohalarni birlashtiruvchi 
elektrodlarda (kontaktlarda) potensiallar ayirmasi hosil bo‘lib, natijada ulangan 
yuklanish qarshiligi orqali elektr toki oqa boshlaydi.
r-n o‘tishga diffuziyalangan asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar, potensial to‘siq 
bo‘lganligi sababli, ikkiga ajratiladi. Ortiqcha hosil bo‘lgan (to‘siq ѐrdamida 
ajratilgan) va to‘plan-gan, p-sohadagi elektronlar va r-sohadagi teshiklar p-n 
o‘tish-dagi mavjud hajmiy zaryadni kompensatsiya qiladi, ya’ni mavjud bo‘lgan 


elektr maydoniga qarama-qarshi elektr maydonini hosil qiladi. Yoritilish tufayli 
tashqi elektrodlarda potensiallar ayirmasi hosil bo‘lishi bilan birga ѐritilmagan p-n 
o‘tishdagi mavjud potensial to‘siqning o‘zgarishi ro‘y beradi. Hosil bo‘lgan foto-
EYUK bor bo‘lgan potensial to‘siq qiymatini kamaytiradi. Bu esa o‘z navbatida 
qarama-qarshi oqimlarning paydo bo‘lishini ta’minlaydi, ya’ni elektron qismdan 
elektron-lar oqimini, r-qismdan teshiklar oqimini hosil qiladi.
Bu oqimlar p-n o‘tishga qo‘yilgan elektr kuchlanishi ta’siri natijasida to‘g‘ri 
yunalishdagi tok bilan deyarli teng bo‘ladi. Yoritilish jarayoni boshlangan vaqtdan 
boshlab ortiqcha (muvozanatdagiga nisbatan) zaryadlar to‘planishi (elektronlarning 
p-sohada va teshiklarning r-sohada) potensial to‘siq baland-ligini kamaytiradi, yoki 
boshqacha qilib aytganda elektro-statik potensialni pasaytiradi. Bu esa o‘z 
navbatida tashqi yuklamadan oqaѐtgan tok kuchini oshiradi va qarama-qarshi 
oqimlar hosil qiluvchi elektronlar va teshiklar oqimini p-n o‘tishdan oqishini 
ta’minlaydi. Yorug‘lik tufayli hosil bo‘lgan ortiqcha juftliklar soni p-n o‘tish yoki 
tashqi yuklama orqali ketaѐtgan juftliklar soniga teng bo‘lganda statsionar 
muvozanat hosil bo‘ladi. Odatda bu hol ѐritilish jarayonining mingdan bir soniyasi 
davomida ro‘y beradi.
QE qisqa tutashuv toki Ikt ni, tushayotgan optik nurlanish zichligi va spektral 
tarkibidan o‘rganish element tuzilmasi ichida bo‘layotgan alohida har bir nurlanish 
kvantining elektr energiyasiga aylanish jarayoni samaradorligi haqida tasavvur 
hosil qilish imkoniyatini beradi. QE uchun ma’lum yorug‘lik oqimi zichligi 
tushayotgan hol uchun quyidagi ifodani keltirish mumkin. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish