190
asosiy hisoblanadi, qolganlari esa rezerv. Tushunarliki, fiksatsiyalangan
marshrutlash algoritmi, uning qoʻl usuli bilan marshrutlash jadvalini
tuzishi faqat oddiy topologiyali kichikroq tarmoqlarda qoʻllash mumkin.
Lekin ushbu algoritm katta tarmoq magistrallarida ishlash uchun
samarali
ishlatilishi mumkin, chunki magistralning oʻzi, magistralga
ulangan tarmoq osti (podset) kelayotgan paketlarning eng yaxshi yoʻllari
boʻlgan oddiy tuzilishga ega boʻlishi mumkin.
Oddiy marshrutlash algoritmlarida marshrutlash jadvali umuman
ishlatilmaydi, yoki marshrutlash protokollarisiz koʻriladi. Oddiy
marshrutlashning uch turi mavjud.
-
tasodifiy marshrutlash, bunda paket dastlabki yoʻnalishidan
tashqari, tasodifiy uchragan bitta yoʻnalishga yuboriladi;
-
koʻchki marshrutlash, bunda paket keng ogoxlantirilgan holda,
dastlab yoʻnalishdan tashqari, hamma imkonli yoʻnalishlar boʻyicha
yuboriladi.
-
oldingi tajriba boʻyicha marshrutlash, bunda yoʻnalishni tanlash
jadval boʻyicha bajariladi, lekin jadval kiruvchi portlarda paydo
boʻluvchi paketlarning manzil maydonlarini tahlil qilish yordamida,
koʻprik negizida quriladi.
Eng koʻp
tarqalgani, daptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi
hisoblanadi. Bu algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi oʻzgargandan soʻng
marshrutlash jadvalining avtomatik yangilanishini taʻminlaydi. Adaptiv
algoritmlar asosida qurilgan protokollar hamma marshrutizatorlarga
aloqalar konfiguratsiyalarining hamma oʻzgarishlarini operativ koʻrib
chiqib, tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yigʻishga imkon
beradi. Adaptiv marshrutlashda
marshrutlash jadvalida, odatda ushbu
yoʻnalish qancha amaliy boʻlib qolish vaqti oraligʻi toʻgʻrisida axborot
bor. Bu vaqt yoʻnalish xayotining vaqti (Time To Live, TTL) deyiladi.
Adaptiv algoritmal odatda,
taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda
topologik axborotni yigʻib, umumiylashtiruvchi qandaydir ajratilgan
marshrutizatorlar yoʻqligi bilan ifodalanadi: bu ish xamma
marshrutizatorlar orasida taqsimlangan.
Marshrutlashning adaptiv algoritmlari
bir nechta muhim javob
berish kerak. Birinchidan, ular yoʻnalishning optimalligini taʻminlamasa
ham, uning maʻqulligini taʻminlash kerak. Ikkinchidan, algoritmlar
yetarli darajada oddiy boʻlishi kerak, ularni amalga oshirishda juda koʻp
tarmoq resurslari sarflanmasligi kerak. Oxirida marshrutlash algoritmlari
moslashuvchanlik xususiyatiga ega boʻlishlari kerak, yaʻni har doim
maʻlum bir vaqtda bir xil natijaga kelishi kerak.