Sportchining texnik-taktik mahoratini tezkor baholash
uning musobaqa jarayonida va trenirovka mashg‘ulotlaridagi
harakatlarining nazoratini nazarda tutadi. Kuzatuvchi vizual
usulda (yoki qurilma yordamida) siklik xarakterdagi sport
turlarida texnikaning kinematik va dinamik tavsiflarini, o‘yin va
yakkakurash sport turlarida hujum va himoya harakatlari sonini
va shu kabilami qayd etadi. Kuzatish natijalariga ko‘ra sportchi
mahoratining texnik-taktik samarasi hisoblanadi va uning
natijalari musobaqa mashqlaridagi, yuklama ko‘rsatkichlaridagi
va testlardagi yutuqlar bilan taqqoslanadi.
Trenirovka
yuklamasining
rejalashtirilgan
yo‘nalishiga
bog‘liq holda tezkor nazorat mazmuni va sportchi holatini
baholashda foydalaniladigan mezonlar o ‘zgarib boradi. Masalan,
aerob yo‘nalishdagi trenirovka mashg'ulotlarida qoilanadigan
ko‘rsatkich YuQCh ancha informativ va qulay hisoblanadi:
taxminan 130 zarba/daqiqa dan 15
0 zarba/daqiqa gacha diapazonda
bo‘ladigan kislorod iste’moli qiymati YuQCh ga chiziqli bog‘liq,
ular, o‘z navbatida, energetik talab bilan chiziqli bog‘lanishga ega
bo‘ladi. Shuning uchun, agar murabbiy tomonidan sportchining
bir holatida YuQCh uchun 130 zarba/daqiqa qiymat, ikkinchi
holatida YuQCh uchun 150 zarba/daqiqa qiymat qayd etilsa, u
holda murabbiy ikkinchi holatda sportchi organizmida aerob
reaksiyalar ko‘proq miqdorda faollashganiligiga va energiya
talabi ham ortganligiga ishonch hosil qilishi mumkin.
Biroq,
anaerob yo‘nalishdagi mashg‘ulotlarda YuQCh
informativ ko‘rsatkich bo‘la olmaydi, chunki u anaerob
almashinuvning jadallashuvi darajasi to‘g‘risida hech qanday
maTumotbermaydi. Shuning uchun, agar sportchining bir holatida
YuQCh uchun 200 zarba/daqiqa qiymatni, ikkinchi holatda 220
zarba/daqiqa qiymatni qayd etilsa, bu ikkinchi holatda fiziologik
yuklama (ya’ni, organizmdagi energetik almashinuvlar jadalligi)
katta bo‘lganligidan dalolat bermaydi. Tezkor nazoratning
mazmuni va mezonlariga oid misollar 9.3-jadvalda keltirilgan.