|
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
|
bet | 32/58 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 24,82 Mb. | | #269908 |
Bog'liq ТЕХНОЛОГИК ХАРИТА 1-КУРСMustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1-masala. Makkajo‘xori urug‘ining silliq va rangli formasi bilan burushgan va rangsiz formasi chatishtirilganda 1-avlodda silliq va bo‘yalgan urug‘lar hosil
bo‘ldi, birinchi avlod duragaylari ikkala belgisi bo‘yicha retsessiv organizm bilan
chatishtirilganda avlodda 8304 ta rangli silliq; 298 ta burushgan rangli; 304 ta
silliq rangsiz; 8326 ta burushgan rangsiz urug‘li makkajo‘xori o‘simligi olingan
bo‘lsa, genotipi ota-onaga o‘xshash o‘simliklar necha % ni tashkil etadi?
2-masala. Makkajo‘xori maysalarining sariq yoki yaltiroq bo‘lishi yashil va xira bo‘lishiga nisbatan retsessiv belgidir. Bu genlar birikkan holda irsiylanadi.
Digeterozigota o‘simlikdan tahliliy chatishtirish natijasida olingan 726 ta o‘simlik
dan 128 tasi krossover formalar ekanligi aniqlandi. Hosil bo‘lgan o‘simliklardan
nechtasining maysasi yashil rangga ega bo‘ladi?
3-masala. Drozofi la pashshasida qanot shakli va tana rangini ifoda etuvchi genlar
bitta xromosomada joylashgan. Erkak va urg‘ochi drozofi la pashshalariga A va B
genlari faqat otasidan o‘tgan. Digeterozigota kulrang tanali normal qanotli urg‘ochiva erkak drozofi la pashshalari o‘zaro chatishtirildi. Avlodda allel genlarning o‘rin almashishi natijasida krossingover foizi 17% ni tashkli etdi. Avlodning necha
% i ni kulrang tanali, kalta qanotli va qora tanali, normal qanotli pashshalar tashkil
etadi?
4-masala. Bolalarda immunitet yetishmasligi qonda γ – globulin sintezlanmasligi
oqibatida vujudga keladi. Ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi genning bir turi
autosomada, ikkinchi turi jinsiy X xromosomada joylashgan. Kasallik belgisi ikkala holda ham retsessiv irsiylanadi. Ona ikki belgi bo‘yicha geterozigotali, ota sog‘lom va uning avlodlarida kasallik kuzatilmagan bo‘lsa, tug‘ilgan farzandlarning necha foizi 1-belgi bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi?
5-masala. Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar-soqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va karsoqov erkak sog‘lom ayolga uylanganda oilada bitta o‘g‘il daltonik, kar-soqov, bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo‘lib tug‘ilgan. Bu oilada ikkala belgisi bo‘yicha ham kasal qiz tug‘ilishi mumkinmi?
|
| |