turli tuz eritmalarning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi
bir xil emas, yerusti
suvlarining kimyoviy tarkibi keng o’zgaruvchanlikka ega.
2.13 rasm. Markaziy Mirzachul zovuri suvining 2003-2004 yy.
mineralizatsiya va ion tarkibi xususiyatlari, g/l (Karimov et al. 2014).
Tabiiy suv havzalarining elektr o’tkazuvchanligini o’lchashda turli-tuman
instrumentlar – konduktometrlar mavjud. Quyida (2.14 rasm) TIQXMMI
“EvaSRB” kafedrasida qo’llanilayotgan instrumentning rasmi keltirilgan. Odatda
bu o’lchovlarni bir vaqtning o’zida GPS (geografik pozitsiyalash sistemasi) bilan
birgalikda ishlatilsa yaxshi.
2.14 rasm. Cond 330i rusumli konduktometr va GPS
Ko’pgina daryolar, har bir litriga bir necha o’n milligrammdan tortib, bir
necha yuz milligrammgacha bo’lgan mineralizatsiyaga ega.
Ayniqsa Markaziy
Osiyo daryolarining quyi oqimlarida mineralizatsiya 1000 mg/l dan ham oshib
ketadi. Ularning solishtirma elektr o’tkazuvchanligi 2
⋅10
-4
- 2
⋅10
-2
S
⋅cm
-1
chegarasida bo’ladi, ba’zan undan ham oshib ketadi. Yerosti suvlari
mineralizatsiyasi 40-50 mg/l dan 650 mg/l gacha, sho’rlangan ko’llarniki esa
3000-4000 va undan ham oshiq bo’lgan intervalda, atmosferadagi namlikda esa
10
-5
S
⋅cm
-1
oralig’ida o’zgarib turadi, mineralizatsiyasi 1,0 g/l dan ko’p bo’lgan
suvlarniki esa 10
-2
S
⋅cm
-1
dan yuqori bo’ladi. Ko’pgina
ishlab chiqarish
korxonalari, qishloq xo’jaliklari, ichimlik suv ta’minoti bilan shug’ullanuvchi
korxonalar suvning sifatiga, shu jumladan mineralizatsiyasiga ma’lum bir
talablarini qo’yishadi, chunki suvning tarkibida katta miqdordagi tuzning bo’lishi
o’simliklarga va hayvonlar organizmiga, ozuqa sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi,
qozon devorlariga sopolsimon qatlamlarning hosil bo’lish
jarayonlarining
tezlashishiga, metallarning korroziyaga uchrashiga, nihoyat buyraklarda tuz
yig’ilishiga sabab bo’ladi.
Shu munosabat bilan, elektrolitlarning, ayniqsa
noorganiklarning kontsentratsiyasini taxminiy ko’rsatkichi bo’lib
hisoblangan
solishtirma elektr o’tkazuvchanlikni kattaligi mineralizatsiyani baholashda
qo’llaniladi.
Bizning Orol dengizi havzasida olib borgan tadqiqotlarimiz shuni
ko’rsatadiki,
Amudaryo, Sirdaryo va Chirchiq kabi yirik daryolarimizda elektr
o’tkazuvchanlik (EC) va mineralizatsiya orasida kuchli korrelyatsion bog’liqlik
borligini (korrelyatsiya koeffitsienti R
2
0.84-0.99) isbotladi (Karimov et al.,
2019). Shuning uchun ham biz elektr o’tkazuvchanlikni suvlarni sho’rlanishini
nazorat etish maqsadida ishlatishni tavsiya qildik. Masalan, Orol dengizi havzasi
daryo suvlari uchun ichimlik suv normativi 1000 mg/l ga teng, bunga to’g’ri
keladigan o’rtacha EC kattaligi esa 1330-1930 µS/cm orasida bo’lar ekan.
Bunday katta oraliqning sababi turli daryolarda suv sifati va temperaturasining har
xil bo’lishidir.
Shu bilan birga hozirgi davrda (2005-2014 yy.)
Amudaryo va Sirdaryo
suvining o’rtacha mineralizatsiyasi 920-1310 mg/l gacha etadi (ba’zan 1600
mg/l), ya’ni ruxsat etilgan kontsentratsiya (REK) dan ancha ortadi (2.15, 2.16
rasmlar).