birikmalarni tabiiy va agro- ekosistemalardan aniqlash va yo’qotish yo’llarini
belgilashda yordam beradi.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni, suv va qishloq xo’jaligi
sohalarida tabiatni tarkibiy qismlari holatini va ularga nisbatan inson ish
faoliyatida ko’rsatiladigan ta’sirlarni ijobiy va salbiy oqibatlarini baholay olish
imkonini beradigan tahlilning instrumental metodlaridan foydalanish borasida
nazariy bilimlar hamda amaliy ko’nikmalar hosil qilishga undaydi. Tabiatga ta’sir
ko’rsatish bilan bog’liq antropogen faoliyatlarning, jumladan tashqi muhitga
tushib ifloslantiradigan, kelib chiqishi antropogen omilga bogliq zararli modda va
birikmalarni agroekosistemalarga ko’rsatiladigan salbiy ta’sirlarini aniq va keng
miqyosdagi ingredientlarni analitik tahlil asosida salbiy ta’sirlarni bartaraf qilish,
kamaytirish yoki ularni oldini olish tadbirlari majmuasini asoslash va tadbiq
qilishni bilish kabi ko’nikmalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarni bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo’yiladi.
Talaba:
Fizik-kimyoviy tahlilning zamonaviy instrumental usullari va
instrumentlari tog’risidagi nazariy asoslar va tamoyillar, ularning antropogen
ifloslanishga qarshi ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati, tabiiy va
suniy ekosistemalarda laboratoriya va dala bosqichidagi tadqiqotlarda TIU
instrumentlaridan amaliy foydalanish va rejalashtirish metodologiyasi haqida