|
Rayon planirovkasi va shaharsozlik masalalari
|
bet | 155/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari59. Rayon planirovkasi va shaharsozlik masalalari
Rayon planirovkasi-muayyan hududda ishlab chiqarish korxonalari, aholi joylashuvi, xizmat ko‘rsatish, transport va boshqa infratuzilma elementlarini hududning geografik, iqtisodiy, qurilisharxitektura, muhandislik-texnik shart-sharoitlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda hududiy tashkil etishning nazariy va amaliy masalalari bilan shug‘ullanadi. Rayon planirovkasi iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lgan muhim yo‘nalishidir. Aynan shu ma’noda u konstruktiv geografiya (D.I.Bogorad), rayonning amaliy geografiyasi sifatida tan olingan. Darhaqiqat, rayon planirovkasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lgan eng asosiy yo‘nalishidir. U shaharlar geografiyasi, ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish masalalari bilan yaqindan aloqador. Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy geografiyada ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etish g‘oyasi asosiy o‘rinda turadi. Binobarin, ushbu fanda hududiy ishlab chiqarish majmualari katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Rayon planirovkasida hudud ishlab chiqarishni joylashtirish nuqtayi nazaridan tashkil etiladi va baholanadi. Demak, iqtisodiy geografiyada hudud bu oddiy makon, ishlab chiqarishni joylashtirishdagi sharoit hisoblansa, rayon planirovkasida u maxsus omil, resursdir. Rayon planirovkasi bu avvalgi xalq xo‘jaligini planlashtirish emas; u ma’lum bir hududni loyihalashtirish, sxemalarini tuzish, aholi manzilgohlarining Bosh planini yaratish bilan shug‘ullanadi, shu ma’noda u planlashtirish. bilan prognozlash o‘rtasida turadi. Mazkur 60 muammolar bilan maxsus ilmiy tekshirish va loyihalashtirish institutlari mashg‘ul (ToshBoshplanJIHTH; 0 ‘zshaharsozlikLITI va h.k.). Rayon planirovkasi ayni vaqtda mintaqaviy planlashtirish ham emas. Biroq u mintaqaviy iqtisod va siyosat bilan bog‘liq. Rayon planirovkasi, shuningdek, iqtisodiy rayonlashtirish bilan ham aloqador; iqtisodiy rayonlashtirish rayon planirovkasining nazariy asosidir. Rayon planirovkasida uning obyektlarini to‘g‘ri aniqlash katta ahamiyatga ega. Odatda, rayon planirovkasi uchun o‘rta darajadagi iqtisodiy rayon (viloyat) va undan kichik hududlar tanlab olinadi. Hudud kichraygan sari, rayon planirovkasining aniqlik darajasi ortib boraveradi. Ko‘pincha, viloyat ko‘lamidagi rayon planirovkasi ishlari sxemalar tuzish bilan belgilanadi. Ular - 1:100000-1:300000 masshtabda amalga oshiriladi. Viloyat ichidagi iqtisodiy rayonlar uchun rayon planirovkasining loyihasi tuziladi. Bunday loyiha ishlari sanoat tugunlari uchun ham bajariladi. Agar viloyat ichidagi iqtisodiy rayonlarda 1:100000-1:50000 masshtab qo‘llansa, sanoat tugunlarida masshtab yanada aniqlashadi - 1:25000 yoki 1:10000.
3. Shaharlar qurilishi nazariyasi va amaliyoti bilan shaharsozlik(me’morlikning bir yo‘nalishi) shug‘ullanadi. Unda hududning tabiiy62 iqlimiy va iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlari, sanitariya-gigiyena, qurilish-texnika, ijtimoiy-madaniy taraqqiyot darajasi, milliy o‘ziga xosligi, shahaming vazifalari, ekologik holati va boshqalar hisobga olinadi. Shaharsozlikda yangi shahar, shaharcha, qishloqlami qurish, qadimiy shaharlami muhofaza qilish (rekonstmksiya qilish), shaharlami kengaytirish, me’moriy majmualar bunyod etish Bosh reja asosida amalga oshiriladi va loyihalar tuziladi. Bunday loyihalar buyurtmalar orqali shaharsozlikka ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot va loyihalash institutlarida bajariladi. Shaharsozlikning asoslari qadimgi Misr, Xitoy, Yunoniston, Eron kabi mamlakatlarda ilk shaharlar vujudga kelishi bilan shakllana boshlagan. Eramizdan avvalgi III-II ming yilliklardayoq shaharlar rejalashtirib qurila boshlangan. Turli davrlarda davr xususiyatidan kelib chiqib, shaharlar qurishning turlicha usullari qoilanilgan. Masalan, qadimgi Rim Tibr daryosi bo‘ylab to‘g‘ri burchakli qismlarga bo‘lingan, Yunonistonda siyosiy va diniy qismlar ajratilgan. 0 ‘rta asrlarda urushyurishlarga qarshi qal’a devorlari bilan o'ralgan shaharlar barpo etilgan. Sanoat ishlab chiqarishi shaharlaming jadal o‘sishiga olib keldi va ishchi shaharlari qurila boshladi. XX asrda hududiy (mintaqaviy) rejalashtirish yuzaga keldi, turli sohalarga ixtisoslashgan rayonlar ajratildi. Shu o‘rinda aytish lozimki, yirik shaharlar boshqaruv qulay bo‘lishi uchun ma’muriy rayonlarga bo‘linadi. 0 ‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri ma’muriy jihatdan 11 ta tumanga bo‘linadi. Hozirgi kunda olimlar shaharlardagi ekologik, aholi zichligi, shovqin-suron, transport va boshqa muammolami hal etish va har tomonlama qulay shahar barpo etish g‘oyalari ustida bosh qotirmoqdalar (shahar-bog‘lar, suv ostidagi shahar, havo sharidagi shahar va h.k.).
|
| |