P. Asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
2.1. Suhbat shaklida talabalar bilimlarini faollashtiradi. Bunda ularga quyidagi savollarni beradi:
Bilimlarni faollashtirish jarayonida talabalarning o’quv muammosi echimini topish faoliyatini faollashtirishga yordam beradigan ma’lumotlar ko’lami darajasini aniqlaydi.
2.2. Muammoni ishlab chiqadi va talabalarni muammoga kiritadi .
2.3.Muammoning echimini topish faoliyatini tashkil qiladi. Talabalar bilan birgalikda taklif qilingan muammo echimlarini muhokama va tahlil qiladi. Yuzaga kelgan qiyinchiliklarni aniqlaydi.
2.4. Muammo echimini topish usullarini aniqlashni uyushtiradi: birinchi kichik muammoni ishlab chiqadi va muammoli savollarni beradi, (1-ilova) hamda o’tkaziladigan faoliyatning asosiy tamonlarini tushuntiradi (2-ilova).
2.5. Talabalarni kichik guruhlarga bo’ladi (har bir guruhda 6 tadan ko’p ishtirokchi bo’lmasligi kerak) va guruh ishlarini tashkil qiladi.
2.6. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Guruhlar faoliyatining natijalarini muhokama qiladi. Talabalar bilan birgalikda javoblar to’liqligini baholaydi. Agar javob to’liq bo’lmasa yoki umuman javob bo’lmasa qo’yilgan muammoli savollarga javob beradi.
2.7. Berilgan kichik muammoning echimini topishning aniq, strukturaga soligan, rastional yo’llarini taklif qiladi. Birinchi oraliq xulosani hosil qilishga undaydi.
2.8. Birinchi kichik muammoning echimi bo’yicha oraliq xulosa qiladi.
|
Suhbatga kirishadi.
Savollarga javob berishadi. Berilgan javoblarni o’zaro to’ldirishadi.
Eshitadilar. Muammoni yozib oladilar.
Muammoni dab-durustdan echimini topish mumkin emasligini anglab etadilar. Yuzaga kelgan qiyinchiliklarni hal etish bo’yicha fikrlarini bildiradilar.
Guruhlarda ishlaydi. Muammoli savollar bo’yicha aniq javoblar tayyorlaydilar
(6 daqiqa ichida).
Guruhlar ish natijalarini taqdim etadilar, boshqa guruh javoblariga nisbatan fikr bildiradilar, muhokama, munozara, tahlil qiladilar. Kichik muammoning echimini topishning optimal usullari haqida xulosalar qiladilar.
|