180
Faktli sharoitlarga asosan tarmoqda turli masofaviy texnik xizmat
sxemalari tanlanishi mumkin.
Sinxronizatsiya interfeysi.
C&CO8 ning sinxronizatsiya modulida A
ikkinchi daraja turidagi sinxrogeneratorga o‘zining yuqori aniqligi
bo‘yicha to‘g‘ri keluvchi chastotani jarayonli avto to‘g‘irlovchi raqamli
shleyf va chastotani dasturli jarayonli avto to‘g‘irlovchi rejim ishlatilgan.
Sinxronizatsiya moduli CKM tayanch manba sifatida raqamli UL
platasidan 8 kGts differensial signalni, yoki tayanch sinxrosignalini 2,048
MGts yoki boshqa qurilmadan (misol uchun BITS) 2,048 Mbit/s ni
ishlatishi mumkin. Har bir tayanch signallar manbasi uchun signallarni
hosil qilish ikkita kanaldan bittasini tanlashi mumkin. CKM 1+1 sxemasi
bo‘yicha issiq zaxiralashtirish bilan mustaqil sinxronizatsiya polkalaridan
iborat.
To‘rtta ishchi rejim bo‘lishi mumkin:
-
sinxronizmga tez kirish rejimi;
-
o‘rnatilgan sinxronlash rejimi;
-
ushlab olib qolish rejimi;
-
erkin generatsiya rejimi.