192
Terminallar tizimining kalitli elementi bo‘lib, yordamchi boshqarish
moduli (BAM) hisoblanadi. BAM “mijoz- server” tuzilmasidagi
server
hisoblanadi. Bu server har xil yig‘uvchida (qattiq disk, CD- R/W)
tizim
ma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydi, hamda har xil terminallarni, ishchi
stansiyalarni va boshqa serverlar LAN interfeysi (tarmoq kartasi)
orqali
ulashni ta’minlaydi. Foydalanuvchiga texnik xizmatni turli tuman
vositalarini
beriladi. Masalan: testlash, ma’lumotni
boshqarish,
tarifikatsiya va x.k. Bundan tashqari, ma’lumotlar bazasini boshqarish
tizimi (DBMS), trafik bo‘yicha statistikani yig‘ish, hisobotli va reglamentli
testlashga
ishlov berish, xost – mashinaga ma’lumotni uzatish va kerakli
modulga dastur ta’minotni yuklashni bajaradi.
Bir necha joydan uzoqlashtirilgan texnik xizmatni tashkil etish uchun
bir necha ishchi stansiya (tarmoq xaritasi yoki RS - 232 ketma - ket porti
orqali) ulanishi mumkin.
Birorta rad etish xolatida tizim, tinch holga
qaytarish va boshqatdan
o‘rnatilgan vaqtda yuklashni avtomatik bajarishi mumkin.
BAM ning tavsiflariga: birgalikda ishlay olish, bir joydan boshqa
joyga o‘tkazish imkoni,
kengaytirish, himoya vositalari, taqsimlangan
ishlov berish,
ishonchlilik va mustahkamlik, keng ko‘lamliligi, ilovaning
yuqori mustahkamliligi kiradi.
BAM modulida tayyorgarlikning yuqori koeffitsientiga erishish uchun
klasterli texnologiya qo‘llanilgan (6.21- rasm).
6.21- rasm. BAM klasterli texnologiyasi – terminallar tizimi
Ishchi stansiyalar
C server
A server
Koordinatsiya signali (heartbeat)
Klaster bilan boshqaruv
A disk yig’uvchisi
C disk yig’uvchisi
193
BAM apparat vositalari arxitekturasi 6.22- rasmda keltirilgan. Unga,
BAM serveri va LAN kommutatori/konsentratori kiradi.
6.22- rasm. BAM apparat vositalari arxitekturasi