155
namunani kolonkadan o’tkazish uchun ishlatiladi.
Kolonka odatda, ingichka
trubadan iborat bo’lib ma’lum bir kimyoviy tarkibga ega bo’lgan mayda zarrachali
modda bilan to’ldirilgan. Namuna tarkibidagi har bir birikma kolonka ichidagi
adsorbent
bilan ularni adsorbsiyasi, ion akmashinish xususiyatlari va
zarrachalarning o’lchamlariga bog’liq holda har xil o’zaro ta’sirlashadi natijada
modda komponentlari har xil tezlik bilan harakatlanadi.
Bu modda
komponentlarining xramatografik kolonkadan har xil tezlikda chiqishlari asosida
namunaning tarkibi o’rganiladi va analiz qilinadi.
11.6-rasm. Suyuqlikli xramatograf qurilmasinig tuzilish sxemasi.
Xramatografik analiz usuli shunday bebaho analiz usuliki, bu soxaning
mutaxassislari ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bolgan. Butun dunyo olimlari
tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining 60
foizi xramatografik
analiz usulini qo’llagan xolda olib boriladi. Yuqorida aytib o’tilgan qulayliklari
uchun keyingi vaqtlarda ekologiya,
atrof-muhitni muhofaza qilish, tibbiyotning
barcha yo’nalishlarida, radioaktiv moddalarni aniqlashda, kriminalistikada, oziq-
ovqat sanoatida va biologic va farmasevtik maxsulotlarni ishlab chiqarishda hamda
ilmiy-tadqiqot ishlarida keng miqyosda qo’llanilib kelinmoqda.
Hozirgi
vaqtda dori vositalari, oziq-ovqat va kimyoviy mahsulotlarni analiz
qilishda qo’llanilayotgan xramatograflarning to’g’ri va aniqlik klassiga mos xolda
156
ishlashi muhim ahamiyatga ega. Qyuida shu o’lchash asboblarini qiyoslash
ko’rigidan o’tkazish tartib-qoidalari to’g’risida ma’lumot beriladi.