89
1.2. Disklarni nur o‘tkazish koeffitsientini o‘lchashdan avval muayyan
tipdagi spektrofotometr xujjatlarida ko‘rsatilganlarga mos keluvchi sharoitlarda
barcha spektral diapozonlarda nur o‘tkazish koeffitsientiga 100% muvofiq
keluvchi chiziqlar yoziladi.
1.3. Ushbu chiziqni nur o‘tkazish koeffitsientini blankidagi 100% mos
keluvchi chiziqlardan chetlashishlari - IKS-22, IKS-22A va IKS-22V tiplaridagi
spektrofotometrlar uchun 2% dan ko‘p bo‘lmasligi; IKS-24 va IKS-29 tiplaridagi
spektrofotometrlarda esa 1% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunda atmosferadagi
suv bug‘lari va uglerod dioksidini yutilish chiziqlari: 3900 dan 3500 sm
-1
gacha,
2400 dan 2300 sm
-1
gacha, 1800 dan 1350 sm
-1
gacha, 720 dan 660 sm
-1
gacha va
400 dan 200 sm
-1
gacha bo‘lgan spektral diapozonlarda me’yordagi qiymatlaridan
1,5% gacha oshishiga ruxsat etiladi.
1.4. 6.2
bandda
ko‘rsatilgan spektral diapazonlardan tashqari,
spektrofotometrning spektral diapozonini bitta to‘lqin soni qiymati uchun,
berilgan xujjat asosida 100% ko‘rsatkichi o‘rnatiladi. Navbatma-navbat dvigatel
o‘qiga to‘qqizta fotometrik sektorli disklar o‘rnatiladi, ularni o‘lchovchi kanalga
kiritiladi hamda nur o‘tkazish koeffitsientlari o‘lchanadi. Fotometrik sektorli
disklardan olingan - nur o‘tkazish koeffitsientlari va ularni haqiqiy qiymatlari
orasidagi farqlar hisoblab chiqiladi.
1.5. Spektrofotometrni
yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan absolyut
xatoliklarini chegarasini tavsiflovchi eng katta farq – 1% dan ortiq bo‘lmasligi
kerak.
1.6. To‘lqin sonini bitta qiymati uchun spektral diapazonni har xil
nuqtalarida nur o‘tkazish koeffitsienti, 50% haqiqiy qiymatlarda besh marta
o‘lchanadi. Eng katta va eng kichik ko‘rsatkichlarni farqlari aniqlanadi.
Ko‘rsatkichlar qamrovi -1% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.