|
Sinf rahbari daftari “kelishildi” mmibdo‘
| bet | 7/54 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #142870 |
Bog'liq 1-4 sinflar Sinf rahbari daftari hujjatlari 2023-2024d) pedagogik jamoa bilan birgalikda:
sinf o'quvchilaming ta'lim muassasasi (ustavida belgilangan) ichki tartib va odob axloq qoidalarini bajarishlarini ta'minlash;
kundalik.com elektron platformasi va boshqa hujjatlaming to'g'ri yuritilishini ta'minlash;
o'quvchilar o'zlashtirishini yuqori darajaga ko'tarish, tartib-intizomni mustahkamlash maqsadida sinf majlislarini o'tkazib borish;
o'qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol o'quvchilami taqdirlash, ularning ota-onasiga tashakkumoma, minnatdorchilik xatlari yuborish bo'yicha taklif berish;
sog'lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigienasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e'tibor berish;
o'quvchilaming past o'zlashtirish sabablarini aniqlash, bartaraf etish bo'yicha tegishli fan o'qituvchilari, maktab psixologi bilan birgalikda yordam berish;
ta'lim muassasasi tibbiyot xodimlari, o'qituvchilari, psixolog va ota-onalar bilan hamkorlikda o'quvchilaming sog'lig'ini muhofaza qilish, ma'naviy-ma'rifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishini nazorat qilish;
o'quvchilaming ta'lim muassasasida texnika xavfsizligi, ulami muhofaza qilish, sanitariya-gigiena qoidalari va me'yoriy talablariga rioya qilishini ta'minlash;
kasbiy malakasini oshirib borish, yo'nalishi bo'yicha turli seminarlarda ishtirok etish.
Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalami ham amalga oshirishi mumkin.
-
Sinf rahbarlari zimmasiga mazkur yo'riqnoma va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifalami yuklash, ulami ish vaqtidan tashqari, faoliyatiga oid bo'lmagan yig'ilishlarga va boshqa tadbirlargajalb etishga yo'l qo'yilmaydi.
-
Ta'lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi paytdagi o'quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar hisoblanad
Bunday holatlarda sinf rahbarlariga nisbatan intizomiy Jazo choralari qo'llanilmaydi.
|
| |