187
Gazsimon yoqilg‘ini ishlatish pechlar unumdorligini oshiradi, yoqilg‘i sarfini 5%
gacha, elektr energiyasi sarfini esa 10% gacha kamaytiradi, mehnat unumdorligini
7….10% gacha oshiradi. Biroq tabiiy gaz hamma erda ham bo‘lavermaydi, suyuq
yoqilg‘idan foydalanish esa qimmatga tushadi. Sruning uchun ko‘pgina zavodlar
qattiq yoqilg‘ida ishlaydi.
Klinker kuydirilganda toshko‘mir, antratsit, ko‘ng‘ir ko‘mir va yoquvchi
slanets ishlatiladi.
Qattiq yoqilg‘i aylanma pechga kukun holida yuboriladi. Yoqilg‘i kukun holiga
kelguncha maydalanganda zarralarining yonish jarayoni tezlashadi va juda mayda
dispers kul hosil bo‘ladi. Zarralar yirik bo‘lsa yoqilg‘i batamom yonib ulgurmaydi va
qisman chala yongan holda klinker bilan chiqib ketadi. Natijada kuydirish
temperaturasi ham, pechning foydali ish koeffitsienti ham pasayib ketadi.
Mayda dispers kul hosil qilish yana shuning uchun zarurki, kul qancha mayda
bo‘lsa, klinker uni batamom singdirib oladi va kul unda tekis joylashadi. Yoqilg’i 009
nomerli elakda 8…10% qoldiq qoladigan darajada maydalab tuyilishi kerak.
Serkul yoqilgi juda mayin tuyilishi zarur. Zavodga kelgan yoqilg‘i ko‘pincha
ancha nam bo‘ladi. Shuning uchun u bir marta quritib olinadi. Yoqilg‘ini quritish
tuyayotgan vaqtda yoki tuyishdan oldin bajariladi. Bir yo‘la ham tuyib, ham quritish
eng foydali va unumli usuldir.