105
3-§ Gidrat-kukun ohak.
Qo‘yida zavodda kukun-ohak tayyorlash texnologik sxemasi keltiriladi:
11-Rasm.
Oz-ozdan,
ya’ni odatda qurilish
maydonlari sharoitida
ishlatilayotganda, ohak qo‘lda so‘ndiriladi. Bu holda qaynama 20 sm gacha
qalinlikda yoyiladi va har qaysi yoymasiga suv sepiladi. 1-1,5 m balandlikdagi ohak
uyumiga kamida 10 mmqalinlikda qum sepiladi (suv bug‘lanmasligi uchun) va mayin
kukun hosil bo‘lgunicha shu holda qoldiriladi. So‘nmagan
zarrachalarni ajratib
tashlash uchun kukun ishlatishdan oldin elanadi. So‘nmagan zarrachalar ikkinchi
marta, uzoqroq so‘ndirib ko‘riladi yoki chiqindiga tashlanadi.
Кесак охак омбори
Таъминлагичли бункер
Жагли майдалагич
Таъминлагичли бункер
Сундиригич (гидратор)
Сундирувчи силос
Сепаратор
Сунмаган заррачалар Сундирилган охак омбори
Таъминлагичли бункер Коплаш машинаси Охакни идишсиз
жунатиш
Шар тегирмон Охакни идишларда
жунатиш
106
Qo‘lda so‘ndirganda
undan sifati past ohak chiqadi, chiqindi ko‘p bo‘ladi.
Suning uchun ham qurilish buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur ohak
mexanizatsiyalashgan usulda so‘ndiriladi.
Ombordan kesak qaynama-ohak maydalash uchun yuboriladi va 5-10 mm
o‘lchamda maydalanadi. Qanchalik maydalanishi ohak tarkibidagi MgO miqdordagi
bog‘liq. Magnezial va dolomit ohak 3-5 mm o‘lchamda maydalaniladi.
Zich ohaktoshlarni kuydirish natijasida hosil bo‘lgan ohak jag‘li
maydalagichlarda, nisbatan bo‘sh ohak valli maydalagichlarda maydalanadi.
Bolg‘achali maydalagichlar ishlatsa ham bo‘ladi.
Maydalangan mahsulotlar vaqti-vaqti bilan
yoki uzluksiz ishlaydigan
gidratorlarga yuboriladi: birinchisiga ma’lum miqdorda ohak solinib, so‘ndirilgan
ohak ham peshma-pesh olib turiladi.
Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan gidratorda ohakni batamom so‘ndirib bo‘lmaydi.
Shuning
uchun silosga yuborib, 1-2 sutka ushlab turiladi. Siloslardan ohak
ta’minlagich yordamida peshma-pesh olib turiladi. Silosga
qancha ohak solinishi
zavodning ishlab chiqarish unumiga va ohakni so‘ndirish vaqtiga bog‘liq. Siloslardan
kukun ohak so‘nmagan zarrachalarini ajratib tashlash uchun separatorga yuboriladi.
Uzluksiz ishlaydigan parrakli gidratorda oz magnezialli ohak batamom so‘nadi,
separatsiyagacha silosda tutib turilmaydi. Biroq magnezial va dolomit ohakni bu
gidratorda ham batamom so‘ndirib bo‘lmaydi. Buning uchun bir oz silosda so‘ndirish
kerak bo‘ladi.
Separatordan mayda kukun tayyor
mahsulot omboriga yuboriladi, yirik
so‘nmagan donalari esa bir yoki ikki kamerali shar
tegirmonda mexanik usulda
maydalanadi va ikkilamchi bor so‘ndirish uchun yana silosga solinadi. Quyida (13-
jadval) ayrim separatorlar ishini xarakterlaydigan ma’lumotlar keltirilgan:
So‘ndirilgan kukun-ohak iste’molchilarga qog‘oz qoplarda yoki idishsiz
konteynerlarda, yoki maxsus jihozlangan transportda yuboriladi.