379
yig‘indisi asbest va sement suyuqligidagi qattiq faza yuzalari yig‘indisidan
katta bo‘ladi. Bunda (I) tenglamadagi sur’at va K
a
qiymati manfiy bo‘ladi.
Demak K
a
ning qiymati musbat yoki manfiy bo‘lishi mumkin. Biz aytib
o‘tgandek agar sement donachalari asbest tolasi bilan qanchalik ko‘p biriksa
S
ats
qiymatishuncha kichik bo‘ladi.
Xom ashyo aralashmasi tayyorlashning eng maqbul sharoitlarini tuzganda
bo‘kish mustahkamligi birligi ifodasini hisobga olish kerak:
K
mustax
= R
bun
/γ
2
a
R
buk
- bukish mustahkamligi, sm
2
/g
γ
a
- asbest-sement, xajm massasi, g/sm
3
.
K
mustax
birligini keltirishdan maqsad,asbest-sement xajm massasini
o‘zgarishini uning mustahkamlik xossasi va xom ashyoni texnologik
ko‘rsatkichlari bilan qanday bog‘langanligini ko‘rsatishdan iborat.
Maqbul sharoit qilib asbest tolasini titkilab ajratishda K
must
eng katta
qiymat bo‘lgandagi sharoit qabul qilinadi.
K
must
va K
a
birliklarining eng katta qiymati asbest tolasini ezg‘ilagich
va turboaralashtirgichda bir sharoitda ishlov berilganda hosil bo‘ladi.
Titkilab ajratish qiymatini asbest-sement buyumining mustahkamligiga
ta’siri kanday? Asbest sement buyum olishda ishlatilgan asbest tolasini titkilab
ajratish qiymati 90 sm
2
/g bo‘lsa, uning mustahkamligi (167 sm
2
/g) titkilab
ajratilganga qaraganda 37% kam bo‘ladi. Bu esa sement donalarini asbest
tolasi bilan birikishi muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Agar K
a
va S
a
qiymatlari teng bo‘lsa, bu asbest tolasini tashqi
solishtirma yuzasi sement donachalarini biriktirishda faol qatnashganligini
bildiradi, ya’ni uning biriktirish qobiliyati yuqoriligini ko‘rsatadi. K
a
qiymatini
maqbul sharoitni belgilashda vosita sifatida ishlatish mumkin; bu kattalik
omixtani qay darajaga aralashtirish kerakligini ko‘rsatadi, titkilab ajratish uchun
qanday moslama kerakligini belgilab beradi va hokazo.