-§. Kislotaga chidamli sement




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/154
Sana06.12.2023
Hajmi6,08 Mb.
#112727
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   154
Bog'liq
Qurilish materiallari texnologiyasi

11-§. Kislotaga chidamli sement 
Kislotaga chidamli sement, kremniy ftorli natriy (Na
2
SiF
6
) va kvars qumni 
birgalikda maydalab tuyib olinadi. Sementni qotirish uchun suv emas, balki eruvchan 
shisha ishlatiladi. 
Kislotaga chidamli sement, kvarsli, marshalitli, diabazli, andezitli turlarga 
bo‘linadi. Kislotaga chidamli sementdan beton tayyorlashda 33-jadvalda berilgan 
ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. 
33-jadval 
Kukun 
to‘ldirgichning 
turlari 
Sement miqdori, % 
Bog‘lovchi suyuq shisha 
Kukun 
to‘ldirgich 
Kremniy-
ftorli natriy 
(Na
2
SiF
6

modul 
Solishtirma 
og‘irlik, 
kg/m
2
Miqdori, % 
(kukun 
to‘ldir-
g‘ichga 
nisbatan 
Diabazli 
Kvarsli 
Marshalitli 
Artik tufi 
95 
96 
94 
96 




2,25 
3,5 
2,6 
2,8 
1500 
1300 
1450 
1380 
34 
33 
36 
35 
Eruvchan shisha-natriy silikat (Na
2
O∙nSiO
2
) yoki kaliy silikat (K
2
O∙nSiO
2
) dan 
tashkil topgan, xavoda qotadigan bog‘lovchi eruvchan shisha maxsus xumdonlarda 
soda aralashgan toza kvars qumni natriy sulfat yoki potash (K
2
CO
3
) bilan qorishtirib, 
1300-1400
0
S temperaturada pishirib olinadi.Yuqori temperaturada erigan moddalar 
o‘zaro quyidagicha reaksiyaga kirishadi: 
Na
2
CO
3
+nSiO
2

Na
2
O∙nSiO
2
+CO
2
K
2
CO
3
+nSiO
2

K
2
O∙nSiO
2
+CO
2
Tezda suvutilgach shisha bo‘tqasi (Na
2
O∙nSiO

va K
2
O∙nSiO
2
) yorilib 
maydalanadi, so‘ng «silikat bo‘lak» lari hosil bo‘ladi. Qurilishda «silikat bo‘lak» lari 
eritilgan holatda ishlatilgan sababli u «suyuq shisha» deb ataladi. Suyuq holatga 
keltirish uchun «silikat bo‘lak» larini maydalab avtoklavga solinadi va bosim 0,4-0,8 


326 
MPa ga etkaziladi. Natijada bog‘lovchi material-kolloid silikat eritma hosil bo‘ladi. 
Eruvchan shishaning hususiyati uning moduli bilan ifodalanadi. Shisha tarkibidagi 
qumtuproq miqdorining undagi natriy oksidiga (yoki kaliy oksidiga) nisbati 
kremnezyom moduli deb ataladi: 
O
Na
SiO
M
2
2

Modul M ning miqdori katta bo‘lsa, shishaning erish xususiyati va chidamligi 
kamayadi. Eruvchan shisha uch modulga ega: katta modulli shisha M=3,5…3,9, 
o‘rtacha M=3,0…3,5 va kichik modulli M=2,0…2,8. Suyuq shisha quruqlikda asta-
sekin qo‘rib, undan karbonat angidrid gazi ta’sirida qumtuproq amorf holda ajratib 
chiqadi: 
Na
2
O∙nSiO
2
+CO
2
=Na
2
CO
3
+nSiO
2
Qotish jarayonini tezlatish uchun suyuq shishani isitib, unga kremniy-ftorli 
natriy (Na
2
SiF
6
) dan 12-15% (suyuk shisha massasiga nisbatan olinganda) qo‘shiladi. 
Erigan shisha chini idish, tunika bochkalarda saqlanadi. Uni yozda issikdan, qishda 
esa muzlashdan saqlash kerak. Kislotaga chidamli beton qorishmasi suyuq shisha 
obdan tuyilgan kremniy ftorli natriy (Na
2
SiF
6
), kislotaga chidamli kukun, qum va 
yirik to‘ldirgichlarni (andezit; kvarsit va h.k.) qorishtirib maydalanadi. Beton uchun 
to‘ldirgichlar uch xil yiriklikda ishlatiladi: chang—0,15 mm dan mayda, qum—
0,15…5 mm, chaqilgan tosh 5mm dan yirik. 
Kislotaga chidamli beton tarkibi tajriba yo‘li bilan aniqlanadi buning uchun 
to‘ldirgichlar aralashmasiga, beton qorishmasi qonikarli bo‘lgunga qadar suyuq 
shisha qo‘shiladi. Titratish usuli bilan joylanadigan beton qorishmasi uchun 
konusning cho‘kishi 20…30 mm bo‘lsa, qo‘l bilan shibbalanganda konusning 
cho‘kishi 40…100 mm bo‘lishi kerak. 
Kislotaga chidamli betoning normal qotish uchun ilik yoki quruq bo‘lgan 
sharoit yaratish kifoya. Kislotaga chidamli beton tayyorlash uchun materiallar 
miqdorini taxminan quyidagicha olish mumkin (og‘irliq hisobida) : 1 qism suyuq 
shisha: 0,9…1,1 qism kvars yoki biror kislotaga chidamli material changi, 1 qism 


327 
qum, 1,3…1,7 qism kislotaga chidamli chaqilgan tosh, 10…15% kremniy-ftorli 
natriy (suyuq shisha og‘irligiga nisbatan). Kislotaga chidamli beton 3 kundan keyin 
10…12 MPa, 28 kundan keyin esa 15…18 MPa mustahkamlikka ega bo‘ladi 
Kislotaga chidamli beton armatura bilan mustahkam yopishish xususiyatiga ega 
bo‘lgani uchun, kislotalar saqlaydigan rezervuarlar qurishda temir-beton 
konstruksiyalar tarzida ishlatiladi hamda kislotalar ta’sirida bo‘lgan qurilish 
konstruksiyalirini muhofazalashda keng qo‘llaniladi. Kislotaga chidamli sementlar 
qotishmalar, zamazkalar tayyorlashda, kimyoviy uskunalar niqoplashda, devor, 
pollarni bo‘yashda, kislotaga chidamli g‘ishtlarni terishda va beton tayyorlashda keng 
qo‘llaniladi.
T.A.Otaqo‘ziev,Z.A.Muxamedbaevalar tomonidan maxaliiy xom ashyolar 
asosida kislotaga bardosh porfiritli sement olingan. Perm (Rossiya ) qog‘oz-
sellyuloza kombinatida (SBK) tadbiq etilgan. 


328 

Download 6,08 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   154




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish