90
tavsiya etiladi. Bunda ko„proq harakat xavfsizligi nazarda tutiladi. Ko„tarma
balandligi 6 m gacha bo„lganda tuproq ishlarini kamaytirish maqsadida 1:1,5 olish
maqsadga muvofiq. Bugungi kunda O„zbekiston sharoitida
joy sharoitini hisobga
olgan holda ko„tarma balandligi 2 m gacha bo„lganda 1:1,5; 1:2 olish, 6
m dan
12 m gacha bo„lganda ikki xil nishablik 1:1.5, 1:1.75 olish qabul qilingan.
Yo„l poyi - bu tuproq ishlari bajariladigan yo„lning qismi bo„lib, ko„tarma
yoki o„ymadan iborat bo„lishi mumkin. Yomg‟ir va qor suvlarini yo„lni
ustidan
qochirish uchun yo„l qoplamasiga ko„ndalang qiyalik beriladi. Bu qiyalik yo„l
o„qidan ikki tomonga qaratiladi. Bu suvlarni yo„l bo„ylab
oqizish uchun yon
ariqchalar loyihalanadi. Yo„l qoplamasining turiga qarab yo„lning ko„ndalang
qiyaligi SHNQ 2.05.02-2007 ga asosan 8.9-jadvalda keltirilgan.
8.9-jadval
Qoplama turi
Qoplama ko„ndalang
qiyaligi %
o
Eng kichigi
Kattasi
Asfaltbeton va temirbeton qoplama
15
20
Chaqiqtosh, shag‟al bitum bilan qorilgan
20
25
Chaqitosh yoki shag‟alli qoplama
25
30
Tosh yo„llar, qorishmalar
bilan mustaxkamlangan
tuproq
30
40
SHNQda ko„rsatilgan ko„ndalang qiyalik
miqdori oshirib yuborilsa,
avtomobilga bir qancha qiyinchiliklar tug‟iladi:
-
muzlaganda, yoki tuproqli yo„llarda avtomobil yonboshga siljishi mumkin;
-
avtomobilni ichki g‟ildiragi ko„proq emiriladi;
- avtomobilni boshqarish qiyinlashadi.
Yo„l yoqasidagi ariqchalar yo„l poyi o„ymada o„tganda va ko„tarma
balandligi 1,2 m gacha bo„lgan joylarda loyihalanadi.
Ariqchalarning shakli
uchburchak va trapetsiya shaklida bo„lishi mumkin. Arichalarning chuqurligi 0,3;
0,4; 0,6 m va ariqcha tubi kengligi 0,4 m bo„lishi mumkin. Ariqchalarning tashqi
yon qiyaligi 1:1,5 bo„ladi.
91
Yo„l yoqasidagi ariqchalarga yig‟ilgan
suvlarni tezkor olib ketish
maqsadida, ariqchalarga bo„ylama qiyalik beriladi. I-III yo„l iqlimli mintaqalarida
eng kamida 5%, IV-V iqlimli mintaqalarda 3% olinadi.
Ariqchalarning bo„ylama qiyaligiga qarab ular mustaxkamlanadi. Agar
ariqning bo„ylama qiyaligi 15 %
o
gacha bo„lsa
hech qanday mustaxkamlash
ishlari olib borilmaydi. Agar 15 %
o
dan 30 %
o
gacha bo„lsa, u holda o„t ekib
mustaxkamlanadi. 30-50 %
o
bo„lsa, ariqchalarni yon bag‟ri va tubi tosh yoki beton
bilan mustaxkamlanadi.