11
Temir yo„llari;
Avtomobil yo„llari;
Suv xavfzalaridagi aloqa yo„llari;
Havo yo„llari;
Sanoat yo„llari;
Xo„jalik yo„llari;
Shahar yo„llari va ko„chalari;
Bugungi kunda respublika bo„yicha avtomobil yo„llari tarmog‟ining
umumiy uzunligi 184000 km ni, umumiy foydalanishdagi temir yo„llari uzunligi
3645 km ni, havo yo„llari 150000 km ni va suv xavfzalaridagi aloqa yo„llari 500
km ni, xo„jalik yo„llari 71324 km ni, shahar yo„llari va ko„chalari 69929 km ni
tashkil qiladi. Respublikaning geografik joylashuvi
shuni taqozo etadiki, jahon
bozoriga chiqishda va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda asosiy transport
yo„laklari avtomobil va temir yo„llari hisoblanadi.
Xar qaysi aloqa yo„llarining o„ziga xos kamchilik va ustunliklari mavjud.
Temir yo„llar ko„p hajmdagi yuklarni tashish qobiliyatiga
egaligi bilan xarakterli
bo„lsa, unda harakat tezligining boshqa aloqa yo„llariga nisbatan pastligi uning
kamchiliklaridan hisoblanadi. Suv yo„llari ko„p hajmdagi yuklarni tashish
qobiliyatiga ega, lekin faqat suv yo„li orqali buni
amalga oshirishi va yukni
istemolchining eshigigacha etkaza olmaslik uning kamchiliklaridan hisoblanadi.
Avtomobil yo„llari kam hajmdagi yuklarni qisqa masofaga tashishda eng samarali
hisoblanadi. Avtomobil yo„llarining ustunligi eshikdan eshikgacha xizmat
ko„rsatishda qo„l kelishidir. Havo yo„lining ustunligi yuklarni manzilga tez va soz
etkazishi bo„lsa, kamchiligi tashish tan narxining qimmatligidadir.
XX asr boshida Markaziy Osiyoning o„sha paytdagi bir necha davlatlari
joylashgan hozirgi O„zbekiston
hududidagi Toshkent, Samarqand, Buxoro,
Termez, Qarshi, Andijon, Farg‟ona va boshqa shaharlarning bir biri bilan
bog‟lovchi, shuningdek Afg‟oniston va Eron mamlakatlarining
katta yirik
shaharlari bilan bog‟lovchi 27 ming kilometr aloqa yo„llari mavjud edi.