216
KM80-50-200
markali
Shimge
SGT
markali
K80-50-200 markali
a) monoblok nasoslar
b) valli nasos
5.6-
rasm
.
Tomchilatib sug‘orish tizimlarida qo‘llaniladigan
konsol tipidagi elektr nasoslarning ko‘rinishlari.
Tomchilatib sug‘orish tizimlari amaliyotida konsol tipidagi
elektr nasoslarning ikki xil turlari qo‘llaniladi:
1)
nasosi dvigateli bilan bir blokda bo‘lgan
monoblok
nasoslar;
2)
nasosi dvigateli bilan val yordamida biriktirilgan valli
nasoslar.
Har bir elektr nasos turi o‘zining markirovkasiga ega va unda
odatda nasosning asosiy o‘ziga xos belgilari aks ettiriladi.
Elektr nasoslar odatda quyidagicha markalanadi:
Nasoslar markalari (misol): K80-50-200, KM80-50-200
bu yerda: K
– konsol tipidagi (valli nasos)
KM
– konsol tipidagi (monoblok)
80
– suv kirish teshigi diametri, mm
50
–
suv chiqish teshigi diametri, mm
200
– ishchi g‘ildirak diametri, mm
Tomchilatib sug‘orish tizimining nasosi tizimning loyihaviy
suv sarfi (m
3
/soat), loyihaviy bosimi (m yoki atm.)
va energiya
sarflari (elektr (kVt/soat), yonilg‘i (l/soat)) asosida tanlanadi.