126
Yuza qatlamida juda ko‘p miqdorda
suvda eriydigan tuzlari
bo‘lgan yerlarga sho‘rxok yerlar deyiladi.
Sho‘rxok yerlarning yuqori qatlamidagi tuzlarning miqdori
1-2% dan 10-20% gacha bo‘ladi.
Bunday yerlarda ekinlar
rivojlana olmaydi faqat nobud bo‘ladi.
Sho‘rlangan tuproqlar tarkibidagi suvda eriydigan tuzlarning
tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin.
Ular asosan, kalsiy, magniy, natriy va kaliy kationlari hamda
gidrokarbonat, bikarbonat, sulfat va xlorid anionlarini o‘zaro
birikishi natijasida shakllanadi.
Oqibatda suvda eriydigan o‘n ikki xil tuz hosil bo‘ladi.
Bu tuzlarning birortasi ham qishloq xo‘jaligi
ekinlarining
normal rivojlanishi uchun bevosita zarur emas.
Ularning ayrimlari ekin uchun zararsiz bo‘lsa, boshqalari
ekinlar uchun o‘ta zararli sanaladi
va ekin nihollarini butkul
nobud qiladi.
Ekinlar uchun zararli bo‘lgan tuzlarga zaharli tuzlar deyiladi.
Tuproqdagi kation va anionlarning birikishi natijasida hosil
bo‘lgan tuzlarning ro‘yxati tarkibi bo‘yicha 1.32-jadvalda o‘ziga
xos tartibda joylashtirilgan.
Tuzlarni ayrim olingan qishloq xo‘jaligi
ekinlariga zararlilik
darajasi bo‘yicha quyidagi tartibda joylashtirish mumkin (1.33-
jadval).
Ayrim tuz birikmalari o‘simliklarga uncha zararli ta’sir
ko‘rsatmaydi. Hatto ularning yuqori konsentratsiyalari ham ayrim
zararli tuzlarga qaraganda tuproqqa kam ta’sir qiladi. Bunday
hodisa tuzlar antagonizmi deb ataladi. Eng kuchli antagonistlar–
natriy va kalsiy kationlaridir.