Mavzu-1_:
Shaxsiy kompyuterda ishlash qoidalari
Reja:
1.Kompyuterdan foydalanishdagi talablar
2.Kompyuter xonasida qo’yiladigan taqiqlar
3.Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari.
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud.
Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak.
Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida
ishlashi
mumkin.
Barcha ta’lim muassasalarining «Informatika va axborot texnologiyalari» xonal
ari va ularni jihozlash uchun talablar «Ta’lim muassasalarida xodimlarning
salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi
to’g’risida nizom» (ro’yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust) (O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012 y., 35-son, 407-modda) asosida
amalga oshirilishi lozim.
Informatika va axborot texnologiyalari o’quv xonasida quyidagilar taqiqlanadi:
· kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulash
yoki o’chirish;
· kompyuter qurilmalarining ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga tegish;
· kompyuter qurilmalarining yaqinida tez yonuvchi moddali idishlarni ochish va
ishlatish;
· nam qo’l bilan kompyuter qurilmalariga tegish va ularni ulash;
· kompyuter klavishlarini bosishda kuch ishlatish;
· kompyuter ishlab turgan holatda tozalash ishlarini olib borish.
1. Informatika o’quv xonasining kengligi 6 m dan ortiq bo’lgan xonalarni
ikki tomonlama yoritishda balandligi 2,2 – 2,9 m dan oshmaydigan deraza bo’lishi
lozim.
2. Informatika o’quv xonasining doskasi sun’iy yoritishda ikki tomondan
bir xil uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan
lyuminessent yoritqichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qo’llanilishi lozim.
Yoritqichlar va derazalar kompyuter ekranida aks etishi mumkin emas.
3. Informatika o’quv xonalarida havoning organik tabiatli antropogen moddalar va
dioksid uglerod bilan ifloslanishi sababli har qanday ob-havo‘sharoitida harorat va
namlikning optimal holatda bo’lishini ta’minlay oladigan havo‘haydovchi
tok o’tkazmaydigan bo’lishi kerak.
Informatika o’quv xonadagi jihozlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari:
1. Informatika o’quv xonasiga kirishda o’quvchilarning ustki kiyimini osishga
mo’ljallangan shkaf bo’lishi lozim.
2. Kompyuterning tizim bloki (prosessor) elektr quvvatining
20±20V dan oshmasligi lozim.
3. Kompyuterning elektr quvvatini uzluksiz ta’minlovchi qurilma (UPS) bo’lishi
lozim.
Ko`pchilik kompyuter o`rganishni
boshlaganida kompyuter dan
foydalanish qoidalariga e`tiborsizlik bilan qarashadi, keyin nimadir o`xshamay
qolganida esa nolishadi. Aynan mana shunday foydalanuvchilarning kompyuter
larida noadatiy holatlar kuzatiladi. Shunday kompyuter larning oldiga kelganingda
ishni nimadan
boshlashniyam bilmay qolasan, kompyuter shunday holatga
keltirilgan bo`ladiki, hatto shu kompyuter ga teginishing ham kelmaydi.
Bunday
holatga tushmaslik uchun esa bir qancha qoidalarga rioya qilish zarur. Bunday
qoidalar juda ko`p, lekin biz kompyuter dan to`g`ri foydalanishning 5 ta eng muhim
qoidalarini aytib o`tamiz. Bu qoidalar
yangi foydalanuvchiniyam, kompyuter
ustalariniyam har qanday noxush holatlardan bir oz bo`sayam saqlaydi.
Qoidalar
juda oson va tezda esda qoladi, agar eslab qolishning uddasidan chiqaolmasangiz,
bu qoidalarni qozog`ga tushurib, kompyuter oldiga qo`yib qo`ysangiz bo`ladi.