Mavzu-_21_:
3D printer qurilmasi va ishlash prinsipi
Reja:
1.3D printerlar
2.Tibbiyotda 3D-printerlarni qo‘llash
3.3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish
So‘nggi yillarda fan-texnika jadal rivojlanib, shunday ixtirolar, innovatsion
ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar yaratildiki, ular hayotimizdan chuqur o‘rin
olib, yashash sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Zamonaviy
texnologiyalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Binobarin,
avvallari xayolimizga ham kelmagan narsalar bugun haqiqatga aylanib,
jamiyatimizning barcha jabhasida rivojlanishga yo‘l ochmoqda.
Uzoqqa borishning hojati yo‘q. 1961 yili 12 aprel kuni Yuriy Gagarin fazoga
uchgan edi. Bu insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan voqea bo‘lgandi o‘shanda.
Bugun esa xalqaro‘kosmik kemada fazogirlar jamoasi navbatma-navbat koinotga
safar uyushtirishi oddiy holga aylanib ulgurdi. To‘g‘ri, ularning ismini hamma ham
yoddan aytib bera olmasligi mumkin, biroq, eng asosiysi, fazoni o‘zlashtirishda
yangidan-yangi yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Sir emas, hozir hayotimizni muntazam ravishda takomillashtirib borilayotgan
kompyuter va internetsiz tasavvur etish mushkul. Yaqin-yaqingacha odamlar
ishxonada zamonaviy kompyuterlarda ishlashni orzu qilgan bo‘lsa, bugun nafaqat
ofislarda, ayni paytda noutbuklar, netbuklar, planshetlar va “gadjyet”lar, deb
ataladigan boshqa qurilmalar har bir xonadondan o‘rin oldi.
Hozirgi davr odamlari kompyuterlaru noutbuklarga, smartfonlarga bog‘lanib
qolgan. Chunki ushbu qurilmalar shunchaki muloqot vositasi emas, balki ko‘p qirrali
vazifalarni bajarmoqda. Ular orqali qo‘ng‘iroq qilish, xabar yoki rasm
yuborish/qabul qilish, onlayn xaridni amalga oshirish, yangiliklar bilan tanishish,
kerakli ma'lumotlarni olish, foto‘yoki Videoolish, tomosha qilish, musiqa eshitish,
turli o‘yinlarni o‘ynash mumkin.
Bugungi kunda dunyoda shunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng
tatbiq etilmagan bo‘lsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari
odamlar turmushining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga hech kim kafolat
berolmaydi. Ana shunday kashfiyotlardan biri shu kunlarda ommaviy axborot
vositalarida bot-bot tilga olinayotgan 3D-printerlardir.
Gap shundaki, bizda “Printerlar faqatgina matn va suratni chop qiladi xolos”,
degan fikr shakllanib qolgan. Ammo mutaxassislarning aytishicha, printerlarning
imkoniyatlari juda keng bo‘lib, yaqin kelajakda mazkur texnologiya jamiyat
hayotining barcha jabhasida qo‘llaniladi.
Uning afzalligi shundaki, zarur materiallar hamda dasturiy ta'minot
yordamida uy qurish, protez va implantatlar tayyorlash, qimmatbaho‘esdalik
buyumlar, taqinchoqlar ishlab chiqarish mumkin. Masalan, Xitoy, AQSh, Buyuk
Britaniya, Niderlandiyada ushbu yo‘nalishda amaliy natijalarga erishilgan. Ya'ni
3D-printerlar turarjoylar hamda ularning qismlarini — konstruksiyalari, ichki
devorlari, turli shakldagi himoya to‘siqlarini hech qanday qoliplarsiz “chop
etmoqda”. Xususan, Xitoyda uzunligi 150 metr, kengligi 10 metr bo‘lgan 3D-printer
yaratildi. Ushbu qurilma bir necha soat ichida balandligi olti metr bo‘lgan binoni
“barpo‘qilishi mumkin”. Bunda u “siyoh” o‘rnida kuchaytirilgan shisha tolali
sementdan foydalanadi. Shunday bo‘lsa-da, hozircha bu usulda yirik inshootlarni
qurish sinov tariqasida olib borilmoqda. Landshaft dizayni va aholi punktlarini
obodonlashtirish uchun kichik arxitektura shakllarini tayyorlashda 3D-printerlar
imkoniyatidan tobora jadal foydalanilmoqda.
Tibbiyotda 3D-printerlarni qo‘llash istiqbollari ham juda katta. Misol uchun,
bunday yo‘sinda tayyorlanadigan protezlar bemor tanasining ilg‘ash qiyin bo‘lgan
individual jihatlarini ham hisobga olish imkonini beradi. Stomatologiyada
vaqtinchalik tish qoplamasi yoki jag‘ implantatlarini yaratishda 3D-printerlardan
keng foydalanilmoqda. Tibbiyotning boshqa sohalarida ham ushbu qurilmani
qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilayotir. Mutaxassislarning bildirishicha,
kelajakda inson organlarini “chop etish” imkoniyatlari ham yo‘q emas.
3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor.
Deylik, mazkur qurilma yordamida har qanday uch hajmli suratlarni aynan o‘zidek
ko‘paytirish mumkin. Mashhur futbolchilar, kino‘yulduzlari, multfilmlar
qahramonlarining shaklini yasash orqali marketing loyihalarini ro‘yobga chiqarish
imkoniyati bor. Qurilma yordamida esdalik uchun o‘zi, yaqinlarining qiyofalarini
shakllantirsa bo‘ladi. Ushbu texnologiyaga, ayniqsa, original va noyob taqinchoqlar
hamda aksessuar ishlab chiqaruvchilar katta qiziqish bilan qarayapti. Qayd etish
kerakki, eng so‘nggi rusumdagi 3D-printerlar “siyoh” sifatida nafaqat plastik
materialni, ayni paytda oltin, kumush va platinalarni ham ishlata oladi. Buyurtmachi
esa taqinchoqning shakli va usulini tabiga qarab tanlashi mumkin.
Bugun 3D-printerlarni qo‘llash sohasi hamda ko‘lami tobora kengayib bormoqda.
Bunda zamondan ortda qolib ketmaslik lozim.
Mamlakatimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot
texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari
tomonidan 3D-printerlar yordamida qator loyihalar amalga oshirilayotganini alohida
ta'kidlash o‘rinli. Multimedia texnologiyalari kafedrasi assistenti Jonibek Tojiyev
3D-printer or-qali odamdek harakatlana oladigan maxsus robot yaratgan. “Aql
gimnastikasi” bo‘lmish shaxmat o‘ynay oladigan robot, qo‘l protezi ham ana
shunday izlanishlar samarasidir. Bularning barchasi ishlab chiqarish hamda
tibbiyotning turli jabhalarida keng qo‘llanilishi mumkin.
Yoki odamdek yuradigan robotni olaylik. “Servo” motoridan foydalanilgani tufayli
u bemalol harakatlanib, yo‘ldagi to‘siqlarni aniqlaydi va ularni hatlab o‘ta oladi.
Qolaversa, bu robot hatto‘to‘p o‘ynashi ham mumkin. Qurilma dasturlashtirilgan
topshiriq hamda harakatlarni bajaradi, odam kirishi qiyin bo‘lgan yoki aholi
salomatligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajarishda qatnashish
xususiyatiga ega. Kimyo‘sanoati korxonalarida yoxud favqulodda holatlar
oqibatlarini bartaraf etishda ham uning xizmatidan foydalanish mumkin.
— Talabalar, universitet xodimlari hozircha ikkita 3D-printerdan faol
foydalanishmoqda, — deydi Jonibek. — Hamkasblarimiz ushbu sohaga shu
darajada sho‘ng‘ib ketishganki, har kuni turli innovatsion ishlanmalar ustida bosh
qotirishadi, mazkur qurilmaning imkoniyatlarini turli sharoitlarda sinab
ko‘rishmoqda. Biz 3D-printerlardan modellashtirish uchun foydalanamiz. Bunday
qurilmalar bir qator oliy ta'lim muassasalaridagina ishlatiladi, xolos. Vaholanki,
dunyoning turli mamlakatlarida ulardan keng foydalanilayapti. Biz hozircha tibbiyot
sohasida, aniqroq aytadigan bo‘lsak, zamonaviy protezlar tayyorlashda 3D-
printerlardan foydalanishga ko‘proq urg‘u berayapmiz. Kelajakda istiqbolli
yo‘nalishlarda ham ushbu qurilmani jadal qo‘llash choralarini ko‘ramiz.
Haqiqatan ham, respublikamizda 3D-printerlar ayrim oliy ta'lim muassasalaridagina
mavjud bo‘lib, ular tor doirada ishlatilayapti. Ammo mutaxassislarning fikricha, 3D-
modellashtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlash haqida bugundan bosh qotirish lozim.
Zero, ushbu sohada dunyo‘miqyosida talab tobora o‘sib borayapti. Tabiiyki, yaqin
istiqbolda yurtimizda ham unga ehtiyoj yuksaladi. Binobarin, innovatsion
ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalarni yaratish hamda hayotimizning barcha
jabhasiga joriy qilish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ham bejiz emas.
|