Mavzu-_17_:
Klaviatura va monitor profilakturasi
Reja:
1.Klaviatura
2.Klaviatura nazoratchisi
Klaviatura
— maʼlumot kirgizish uchun yoki biror bir qurilmani boshqarish uchun
moʻljallangan maʼlum tartibda joylashgan dastak tugma. Odatda, tugmachalar qoʻl
barmoqlari bilan eziladi. Lekin, sensorli klaviaturalar ham boʻladi.
Klaviatura
(lot. clavis — kalit) -1) musiqa cholgʻu sozlarida maʼlum
tartibda
joylashgan klavish (richag)lar majmui, klavish mexanizmi (tovush hosil qiluvchi va
uni soʻndiruvchi richaglar tizimi)ning asosiy qismlaridan biri. 12-asrdan dastlab
organyaa, soʻngra boshqa klavishli musiqa cholgʻularipa qoʻllanilgan. Klavesin,
fisgarmoniya, elektroorgan kabi cholgʻularda bir nechta dastaki K. (manual)lar
boʻlishi mumkin. Organda qoʻl uchun muljallangan K. (manual)lardan
tashqari
nihoyatda past (yoʻgʻon) tovushlar manbai — oyoq K.si (pedal) ham mavjud; 2)
yozuv mashinkasi, kompyuter kabi mexanizmlarda klavishlar majmui
C:\Users\Metodika\Downloads\album\album\km\2521____.JPG
Klaviatura foydalanuvchi
uchun muhim qurilma bo’lib, uning
yordamida SHK ga qiymatlar, buyruqlar va
boshqarish tasirlari kiritiladi. Klavishalarga lotin va rus alfavita harflari: o’nli
raqamlar; matematik, grafik
va maxsus xizmat belgilari; tinish belgilari; ba’zi
buyruqlar, jadvallar nomlari va b. belgilangan.
SHK tipiga bog’liq ravishda klavishalarning vazifalari,
ularning belgilanishi va
joylashishi o’zgarib turishi mumkin.
Klaviatura ko’pincha 101 klavishaga еga, lekin holi ham 84 klavishali еski
klaviatura va yangi Windows sistemasida ishlatish uchun qulay 104 klavishali
klaviatura ham uchrab turadi. Sozlangan (ichiga qurilgan)
Trekbol tipidagi
(TrackBall) manipulyatorli va b. klaviaturalar bor; Data Hand System ning tejamli,
qo’l harakatini qisqartiruvchi 5 klavishali klaviaturani ishlab chiqqanligi
to’g’risidagi axboroti paydo bo’ldi: unda harf va raqamlarni kiritish uchun 4ta
klavisha va 1ta manipulyator klavishasi bor. Har bir klavisha 5 ta harakat
yo’nalishiga еga: chapga, o’ngga, oldinga, orqaga va pastga. Ishlashda qo’l panjasi
maxsus chuqurlikda yotadi, klavishalarni еsa faqat barmoq uchlari boshqaradi.
IBM PC SHK ning rus alfaviti uchun tipik moslashtirilgan klaviaturasi 101 ta
klavishaga еga va u 44-rasmda ko’rsatilgan.
Barcha klavishalarni quyidagi gURO’hlarga bo’lish mumkin:
Harf-raqamli klavishalar,
ular raqamlarni va matnlarni kiritish uchun
mo’ljallangan;
Kursorni boshqarish klavishalari,
bu gURO’hdagi klavishalar
sonli qiymatlarni
kiritish еkranda matnni ko’rib chiqish va taxrirlash uchun ishlatilishi mumkin;
Maxsus boshqaruvchi klavishalar:
registrlarni qayta ulash, dastur ishini o’zish,
еkrandagi narsalarni bosishga chiqarish, SHK ning OT sini qayta yuklash va b.;
C:\Users\Metodika\Downloads\album\album\km\klavitura
copy.JPG
Funkcional
klavishalar,
ular servis dasturlarida boshqaruvchi, klavishalar sifatida keng
ishlatiladi.