Shartli belgilar: taqrizchilar




Download 13,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/150
Sana17.11.2023
Hajmi13,23 Mb.
#100154
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150
Bog'liq
Jahon tarixi 10 uzb 2022

Muhammad Rizo Pahlaviy chet 
MODERNIZATSIYANING MURAKKAB YOʻLI
Islom mamlakatlarida modernizatsiyaning oʻziga xos yoʻllari


141
elga qochishga majbur boʻldi, hokimiyat din pesh­
volari qoʻliga oʻtdi. Shu sababli islom dini taʼsiri 
kuchli boʻlgan bir qator mamlakatlarda hokimiyat 
aholining hayot tarzi va anʼanalarini oʻzgartirish-
ga harakat qilmadi. Ular jamiyatda mutaas siblik 
kayfiyatining oʻsishiga qarshilik qilmasdan, islom 
birdamligi gʻoyasiga tayanishdi. Bunday birdam-
likka imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarda 
hozircha jamiyatni modernizatsiya qilish va ichki 
barqarorlikni taʼminlashning yagona yoʻli sifatida 
qaralmoqda.
A
vtoritarizm – bitta shaxs (yoki guruh) 
hokimiyatining almashmasligiga asos-
langan nodemokratik siyosiy rejim. Unda fuqa-
rolarning maʼlum iqtisodiy, siyosiy va bosh qa 
huquqlari saqlanib qoladi. Osiyo, Afrika va 
Lotin Amerikasi mamlakatlarining koʻpchiligida 
mustaqillik yillari avtoritar rejimlar oʻrnatildi. 
Bu koʻpchilik hollarda ushbu mamlakatlarda 
shakllangan rivojlanish modeli va diniy eʼtiqod-
lar bilan bogʻliq. Bir qator davlatlarda avtoritar 
rejimlar modernizatsiya jarayonini muvaffaqi-
yatli amalga oshirish mumkinligini koʻrsatdi. 
Braziliya, Argentina, Chili oʻrtacha rivojlanish 
darajasiga yetdi. Ammo Osiyo va Afrikadagi 
aksariyat avtoritar rejimlar jamiyatning inqiro-
ziga, iqtisodiy tanazzulga, koʻplab odamning 
nobud boʻlishiga olib keldi.
1. Mustaqil tarzda Ikkinchi jahon urushidan keyingi Osiyo, Afrika va Lotin Ameri­
kasi mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyoti bilan tanishing. 
2. Geografiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib Osiyo, Afrika va Lotin Ameri­
kasi mamlakatlarining poytaxtlari, pul birliklari, iqlimi va boshqa bilish kerak bo‘lgan 
maʼlumotlarni jadval koʻrinishida daftaringizga qayd qiling.

Download 13,23 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150




Download 13,23 Mb.
Pdf ko'rish