vulgarius Beisei, Scenedesmus obliquus Kuetz ekilgan. Natijalarning ko‘rsatishicha
oqova suvlaridan yuqorida ko‘rsatilgan suvo‘tlari o‘stirishda ozuqa sifatida
foydalanish mumkin ekan. O‘stirilgan suvo‘tlarining hosildorligi 1 m
2
suv yuzasida
13,4–17,2 g quruq moddani tashkil qilgan. Suvo‘tlaridan tashqari “O‘zbekiston”
parrandachilik fabrikasidan chiquvchi oqova suviga yuksak suv o‘simliklaridan
ryaska (Lemna minor) va spirodella (Spirodella polyrchra) ekilgach, ularning oqova
suvini tozalashi hamda hosilning ko‘payishi o‘rganilgan. Chorvachilik kompleksidan
va oltin ishlab chiqaradigan fabrikadan chiqadigan oqova suvlarini tozalash
biotexnologiyasi ham ishlab chiqilgan (Bo’riyev, 1993). Muallifning ko‘rsatishicha,
mikroskopik suvo‘tlar yordamida oqova suvining tarkibidagi organik, mineral
moddalar, kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va zaharli moddalardan intensiv
holatda tozalanar ekan. Bu tozalanish darajasi 90 foizni tashkil qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasidagi Mikrobiologiya instituti
(R.Sh.Shoyokubov va hamkasblari) tomonidan cho‘chqachilik, parrandachilik
komplekslaridan hamda kanopni qayta ishlaydigan korxonalardan chiqadigan oqova
33
– suvlarni yuksak suv o‘simliklar vakili pistiya (Pistia stratiotes L.) yordamida
tozalash biotexnologiyasi ishlab chiqilgan va ishlab chiqarishga keng joriy qilingan
1
.
Respublikamizda turli xil sanoat va ishlab chiqarish oqova suvlarini yuksak suv
o‘simliklari, suvo‘tlari, Bacillus, Pseudomonas, Bacillus cereus, Bacterium
megaterium va boshqa bakteriyalar vakillari, Pseudomonas fluorescens B–
5040 yordamida (pestitsidlar, fenollar, sianidlar, og‘ir metallar tuzlari va h.k.dan)
tozalash usullari ishlab chiqilgan (Shoyakubov va boshq., 2005; Bo‘riev, 1993;
Qutliev, 1993; Sagdieva, 1997; Sanakulov, 2001). Rossiyada oltin saralash
korxonalari oqova suvlariga oziqa manbasi sifatida ammofos qo‘shib, L.Minor
yordamida tozalangan (Antoninova, 2007). Chiqindili oqova suvlarni yuksak suv
o‘simliklari – ryaska, azolla, pistiya va eyxorniya yordamida tozalashning fizikaviy,
kimyoviy, biologik, mikrobiologik jarayonlari, ionlar metabolizmi, o‘simlik
to‘qimalaridagi akkumulyatsiyasi kabi jihatlar o‘rganilgan.
1
Шоякубов Р.Ш., Кутлиев Дж., Хайдарова Х.Н., Джуманиязова Г.И. Биотехнология массового
культивирования и использования пистии телорезовидной при биологической очистке сточных вод //
Информационное сообщение № 433. – Ташкент: Фан, 1988. – 16 с.
|