60
Oqova suvlarni tozalash ularning tarkibiga, o'sishi va rivojlanishi
xususiyatlariga
bog'liqdir. Suv havzasidagi o'simliklar turi qancha xilma–xil va ko'p bo'lsa oqova
suvning tozalanish samarasi shuncha katta bo'ladi. Suv havzasida turli ekologik
guruhlarga mansub o'simliklar bo'lsa ham natija shuncha yaxshi bo'ladi.
Oqova suvlarni tozalashning birinchi bosqichida
mikroorganizmlar ishtirok
qiladi. Mikroorganizmlar ishtiroki anaerob va aerob sharoitida boradi. Anaerob
sharoitida, ya'ni kislorodsiz sharoitda organik moddalarning parchalanishi sekinlik
bilan boradi. Mineralizatsiya jarayonini tezlatish
uchun oqova suvlar havo
yordamida aralashtiriladi, aeratsiya qilinadi. Aerob sharoitda mikroorganizmlar
faollik bilan rivojlanib organik moddalarni parchalaydi.
Organik moddalarni
parchalovchi mikroorganizmlar bo'lmagan taqdirda, ular maxsus laboratoriyalarda
ko'paytirilib suvga yuboriladi.
Oqova suvlar tarkibidagi organik moddalar “faol loyqa” ta'sirida parchalanib
mineral
moddalarga aylanishi, suv havzalarida evtrofikatsiya jarayonining sodir
bo'lishiga olib keladi. Suvdagi mineral moddalar hisobiga mikroskopik suv o'tlari va
yuksak suv o'simliklari rivojlanadi.
Yuksak suv o’simliklarning ko'pchilik vakillari biologik indikator vazifasini
ham bajaradi. Ifloslangan oqova suvlarda suv o'simliklari ko'p
miqdorda
rivojlanishi natijasida suvni erkin kislorod bilan boyitib, uni tozalanishini
tezlashtiradi. Ular oqova suvlarning badbo'y hidini yo'qotadi
va rangini
tiniqlashtiradi, suvdagi patogen va saprofit bakteriyalar hujayralarining rivojlanishi
kamayadi. Suv o'simliklari suvni 70–75% gacha tozalaydi. Shu bilan bir qatorda, suv
o'simliklar sanoat chiqindilari chiqarib tashlangan yerlarning ekin ekishga qanchalik
yaroqliligini aniqlashda ham bioindikator sifatida foydalaniladi. Shuningdek,
zaharli moddalar (gerbitsitlar) ishlatilgandan so'ng,
yerlarning yaroqliligini
bilishda ham suv o'simliklari muhim indikatorlik vazifasini bajaradi
1
.
1
Таубаев Т.Т. Флора и растительность водоемов Средней Азии и их использование в народном хозяйстве. –Ташкент:
Фан, 1970. - 480 с.