|
Poroshoklar ta'rifi, tasnifi. Poroshoklarning DT sifatida afzallik va kamchiliklariBog'liq farmatsevtik texnologiya 3.
Poroshoklar ta'rifi, tasnifi. Poroshoklarning DT sifatida afzallik va kamchiliklari.
Poroshoklar qadimdan ma'lum dori shakllaridan bo‘lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval
ham tabobatda qo‘llanilgan. Elaki dorilarning o‘ta maydaligi ularning ta'sir darajasini yuqori
bo‘lishini ta'minlaydi. Shu jixatdan elaki dorilar qattiq dori shakllari ichida yuqori ta'sir
darajasiga ega dori hisoblanadi.
Davlat farmakopeyasi ta'biri bilan aytganda, elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga
qo‘llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli bo‘lib, sochiluvchanlik xususiyatga ega bo‘ladi.
Poroshoklar oddiy — (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki
murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo‘lib taqsimlangan (pulveres
divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo‘ladi. Ichish uchun mo‘ljallangan kukunlar
asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taqsimlangan bo‘ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa
taqsimlanmagan usulda beriladi.
Kukunlarning boshqa dori shakllaridan quyidagi afzalliklari bor:
Dori moddasi yaxshilab maydalanganligi sababli yuqori farmakologik faollikka erishish
mumkin.
Tabletka va pilyulyalar (xab dorilar) bilan solishtirilganda elaki dorilarning tayyorlash
texnologiyasi juda sodda.
Ixchamligi va saqlash davomida turg‘unligi (suyuq dorilarga qaraganda).
Tarkibining xilma-xilligi kukun tarkibida organik, noorganiq moddalar, o‘simlik va
hayvonlardan olingan kukun moddalar, kam miqdorda suyuqliklar hamda qovushqoq moddalar
bo‘lishi mumkin (kiritilishi mumkin).
Poroshoklarning bir qator kamchiliklari ham bor:
Dori moddalarning organizmga so‘rilishi eritmalarga nisbatan sekinroq boradi, chunki
dorivor modda avval eriydi, keyin esa so‘riladi.
Ba'zi moddalar atrof-muhitning ta'siri ostida o‘zgarishi mumkin:
a) kristallizatsion suvini yo‘qotishi ; b) havodagi uglerod ikki oksidini yutib, karbonatlar
hosil qilishi; v) havodagi kislorod ta'sirida oksidlanishi ; namlik ta'sirida esa sochiluvchanligini
yo‘qotishi mumkin.
Ba'zi moddalar me'da va ichakning shilliq pardalariga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatishi
mumkin, eritma holida esa bu holat kuzatilmaydi (kaliy va natriy bromid tuzlari).
Achchiq ta'mli, yoqimsiz hidli va rangli moddalardan tayyorlangan kukunlar ichish uchun
noqulay bo‘lgani sababli maxsus kapsulalarga solinadi.
|
| |